TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorligi Tashkiloti davlat rahbarlari uchrashuvida, ShHT o‘zining ochiqligi va betarafligini saqlab qolishi kerakligini ta’kiladi.
“Afsuski bugungi kunda dunyoda o‘zaro ishonch va hamkorlikni rivojlantirish o‘rniga zidiyat va raqiblik kuchaymoqda. Buni ko‘rmaslik yo sezmaslikning iloji yo‘q. Hosil bo‘lgan murakkab vaziyatda ShHTning ochiqlik va betaraflik tamoyillarini saqlab qolish o‘ta muhimdir… Jahon bozorlaridagi qarama-qarshilik, mojarolar, mavhumlik va notayinlik alohida bezovtalik uyg‘otadi”, — dedi Islom Karimov.
Bugun Toshkentda ShHTning 15 – sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha mamlakat rahbarlari, kuzatuvchi mamlakatlar vakillari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashishdi.