O‘zbekiston prezidenti nega Dushanbe va Bishkekka bormayapti

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu "Vnukovo-2"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri nima uchun Shavkat Mirziyoyevning xorijga tashriflari ro‘yxatida hozircha Tojikiston va Qirg‘iziston yo‘qligi haqida mulohaza yuritdi

TOShKENT, 27-may — Sputnik, Anton Kurilkin. Shavkat Mirziyoyev ikki oy ichida yettita xorijiy tashrifni amalga oshirdi: ikki martadan Qozog‘iston va Turkmanistonga bordi, bir martadan Rossiya, Xitoy va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Biroq O‘zbekiston prezidenti ikki qo‘shni davlat — Tojikiston va Qirg‘izistonga hozircha bormadi. Mirziyoyev nega qo‘shni davlatlarga tashrif buyurmagani haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiri mulohaza yuritadi.

Iqtisodiyot siyosatdan ustun

O‘zbekiston rahbarining barcha xorijga tashriflarida iqtisodiy masalalar muhim o‘rin tutadi —Turkmaniston va Qozog‘istonga amalga oshirilgan tashriflarda davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik, savdo va o‘zaro loyihalar haqida kelishib olishgan bo‘lsa, Pekin va Moskvaga tashriflarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar haqida so‘z bordi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Berdimuhamedov o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldilar

Xitoy va Rossiya kiritadigan investitsiyalar miqdori tahsinga sazovor: bu davlatlar o‘zbek iqtisodiyotiga bir necha o‘n milliardlab dollar mablag‘ kiritishni rejalashtirishgan. Va bu faqatgina investitsiyaning o‘zi, bundan tashqari, harbiy hamkorlik va xavfsizlik sohasida kelishuvlar imzolandi.

Pekinda ham, Moskvada ham investitsiya kiritish uchun imkoniyat yetarli — bu davlatlar dunyodagi eng yuqori YaIM ko‘rsatkichlariga ega va investitsiya uchun yetarli mablag‘lar mavjud — ayniqsa Xitoyda.

Qo‘shni davlatlar bilan esa vaziyat birmuncha murakkab. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston YaIM darajasi bo‘yicha dunyoda 50-o‘rinda, O‘zbekiston 69-, Turkmaniston esa 92-o‘rinda.

Biroq Tojikiston va Qirg‘izistonning holati anchagina ayanchli — ular mos ravishda 142- va 147-o‘rinlarni egallashgan.

Agarda aniq raqamlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, qirg‘iz va tojik iqtisodiyoti o‘zbek iqtisodiyotidan qariyb 10 baravar orqada. Taqqoslash uchun: O‘zbekiston YaIM 66,7 milliard dollar, Tojikistonniki 7,8 milliard, Qirg‘izistonniki esa 6,5 milliard.

Bundan tashqari, logistik yo‘nalishlar va resurslar nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Bishkek va Dushanbening Toshkentga taklif qiladigan tayinli narsasi yo‘q, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari institutining Markaziy Osiyo bo‘limi mudiri Andrey Grozin.

"Toshkent Bishkek va Dushanbe bilan o‘ta zarur yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikka muhtoj emas. Nazariy jihatdan, yagona energetika halqasi yaratilishi, iqtisodiy makon birlashishi yuz berishi mumkin", — deydi u.

Lekin hozircha bunga yuqori darajada ehtiyoj yo‘q. Grozinning aytishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti Dushanbe va Bishkekning moliyaviy imkoniyatlariga qarab qolmagan.

Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Xitoyda 23 mlrd dollarlik shartnomalar imzoladi

RFA sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yini o‘rganish markazi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Stanislav Pritchin ham shu fikrda.

"Faollik asosan O‘zbekistonga yangi transport yo‘nalishlari ochishga imkon beradigan, energetik sheriklik bo‘yicha kelishish mumkin bo‘lgan hamkorlarga qaratilgan… Har bir tashrif yakunida O‘zbekistonga investitsiya va texnologiyalar olib keladigan qator investitsion kelishuvlar imzolandi", — dedi ekspert.

Mazkur vaziyatda Toshkent u yoki bu siyosiy yo‘nalishning qay darajada manfaatli va istiqbolli ekanligidan kelib chiqadi, qolgan narsalar esa ikkinchi darajali hisoblanadi.

Muloqot bor

Shu bilan birga iqtisodiy masalalardan tashqari xavfsizlik, chegara va mintaqaviy hamkorlik masalalari ham mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘tgan yilning sentabridan buyon vazirliklar darajasida ish olib borilmoqda.

O‘tgan sakkiz oy davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalalari bo‘yicha kelishib oldi, hamkorlik masalasida bir nechta mintaqaviy shartnomalar imzolandi. Bundan tashqari, Atambayev va Mirziyoyev o‘tgan yilning kuzida Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelganida suhbatlashishgan.

Andrey Grozinning fikricha, hozircha Bishkekka borishga hojat yo‘q — oktabrda Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tadi va amaldagi prezident bu saylovlarda qatnashmasligini ma’lum qilgan.

Tojikiston borasida esa Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarga "muz joyidan ko‘chdi" degan ibora ishlatilmoqda — ikki davlat transport aloqasini tiklashni boshladi, mamlakat rahbarlari esa musulmon davlatlari sammitida suhbatlashishdi.

Aeroport Issik Kol - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Toshkent-Tomchi aviareysini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Stanislav Pritchinning fikriga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida muloqotlar bor, lekin ular o‘rtasidagi munosabatlar tarixini e’tibordan qochirmaslik lozim. O‘tgan 25-yil davomida O‘zbekistonning Tojikiston va Qirg‘iziston bilan bir nechta muammolari paydo bo‘lgan.

"Qator masalalar, masalan, Qirg‘iziston bilan chegara borasida muloqotlar o‘tkazildi, oldinga siljish va ijobiy holat ko‘zga tashlanmoqda, lekin O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston bilan munosabatlarni birdaniga o‘zgartirib yuborishi haqida gapirishga hozircha erta… O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan munosabatlari qayta shakllanmoqda, ehtimol, tashriflar amalga oshirilmayotgani o‘ziga xos bosim bo‘lishi mumkin", — deb taxmin qiladi Pritchin.

Hayratlanarli superfaollik

Andrey Grozinning e’tirof etishicha, barcha siyosiy va iqtisodiy maqsadlar ortida turgan bir narsani unutmaslik zarur — xorijiy tashriflar juda ko‘p vaqtni oladi va jismoniy jihatdan og‘ir kechadi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Saudiyada Rahmon bilan uchrashib, Tramp bilan tushlikda ishtirok etadi

"Bunday qisqa davr ichida shuncha tadbirlarni o‘tkazish uchun prezident ish jadvali cho‘ziluvchan emasligini anglash lozim. Prezidentning mamlakat ichida ham bajaradigan ishlari juda ko‘p va meni bu insonning tashqi siyosatdagi superfaolligi hayratga solmoqda — u bularning bariga qanday ulgurmoqda. Bunga katta kuch kerak" — deydi ekspert.

U hali Bishkek va Dushanbega ham navbat kelishini, faqat bir oz kutish lozimligini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga Grozinning aytishicha, agarda Mirziyoyev Dushanbega yoki Rahmon Toshkentga tashrif buyursa ham bu qandaydir o‘ziga xos yon berish bo‘ladi. Bir martalik tashrif bilan barcha muammolarni birdaniga hal qilishning ham imkoni yo‘q. Lekin O‘zbekiston tashqi va mintaqaviy siyosat bilan faol shug‘ullana boshlaganligi esa ayni haqiqatdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0