Mirziyoyev Saudiyada Rahmon bilan uchrashib, Tramp bilan tushlikda ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu "Vnukovo-2"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlari qatnashadigan sammitda nutq so‘zlaydi

Sammitda AQSh, Afg‘oniston, Pokiston va qator arab davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Unda dunyoning jami 50dan ortiq mamlakati vakillari qatnashadi.

Sammit davomida AQSh prezidenti Donald Tramp sammit ishtirokchilari bilan birga tushlik qilishi rejalashtirilgan.

Tramp o‘zining xorijga ilk safari davomida musulmon mamlakatlari rahbarlaridan ekstremizmga qarshi kurashishni so‘rashini bildirgandi.

"Men musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan islom terrorizmi va ekstremizmiga qarshi kurashish borasida suhbatlashan", — degandi u ilgariroq.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi ushbu forumda nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hozirgi paytda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0