TOShKENT, 15-may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga bo‘lgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd $ bo‘lgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi.
Imzolangan shartnomalar energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga tegishlidir.
Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpin, bosh vazir Li Ketsanom, Xitoy xalq deputatlari kengashi raisi Chjan Deszanom hamda bir necha Xitoy banklari va yirik biznes tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev “Bitta belbog‘ – bittta yo‘l” forumida ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston prezidenti 15-may kuni so‘zga chiqishi rejalashtirilgan.
Xitoy biznes tuzilmalari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Mirziyoyev 2017-yilda O‘zbekiston va Xitoy orasida tovar ayrboshlash hajmi 5 mlrd dollarga yetishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatgich — 4,25 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil qilingan 700 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Podrobno.uz xabariga asosan.