Qirg‘iziston Toshkent-Tomchi aviareysini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

© knews.kgAeroport Issik Kol
Aeroport Issik Kol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomchi qishlog‘i yaqinida joylashgan "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroporti hududning turistik salohiyati evaziga rivojlanish istiqboliga ega

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati Toshkent-Tomchi-Toshkent yo‘nalishini tashkil etish borasida "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Qirg‘iziston turizm departamenti direktori Azamat Jamankulov ma’lum qilgan.

"Shunday variant ko‘rib chiqilmoqda. Ayni paytda "Issiq-Ko‘l" aeroporti Olmaota, Novosibirsk va O‘sh yo‘nalishlari bo‘yicha samolyotlarga xizmat ko‘rsatadi", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi knews.kg.

Tomchi qishlog‘i yaqinida joylashgan "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroporti "MAM" ochiq aksiyadorlik jamiyatining Issiq-Ko‘l filiali tarkibiga kiradi hamda hududning turistik salohiyati evaziga rivojlanish istiqboliga ega.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0