Sirdaryoda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar amalga oshiriladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishGorod Gulistan
Gorod Gulistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, mamlakat rahbari kuni kecha viloyatga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2010-yilda Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i o‘tgan hududda suv ombori bunyod etila boshlangan edi. Joriy yilda qurilishi yakunlanadigan gidroinshootda 922 million kub metr suv to‘planadi. Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi unumdor yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkonini beradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga safari boshlandi

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda suv ombori yonida quvvati 15 megavatt bo‘lgan mini gidroelektrostansiya quriladi hamda uning atrofida dam olish zonasi tashkil etiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi" unitar korxonasi tomonidan baliqchilik, chorvachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash, sut mahsulotlari va omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sardoba suv ombori va Mirzaobod tumani hududida tashkil etiladigan baliqchilik majmuasi inkubatsion sex, intensiv hovuzlar, baliqni qayta ishlash zavodi, mahsulotlarni saqlovchi muzlatkichni o‘z ichiga oladi. Baliq uchun omixta yem ham shu yerning o‘zida ishlab chiqariladi.

Ushbu korxonalarda 150 ish o‘rni yaratiladi. Majmua "Ipoteka-bank" bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Sirdaryo baliq sanoat" korxonasi uchun asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi.

Sardoba meva-sabzavotlar logistika markazi ham ko‘p tarmoqli bo‘ladi. Bu yerda meva-sabzavotlar yetishtirish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash, muzlatish, saqlash, quritish va yetkazib berish tashkil etiladi. Korxonada 220 kishi ish bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sardoba suv ombori xalq uchun qo‘shimcha daromad manbai ekanligini aytdi

Mirzaobod tumanida tashkil etiladigan chorvachilik kompleksida zotdor qoramollarni ko‘paytirish orqali aholiga go‘sht va sut yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. 100 ish o‘rni yaratiladi.

Ushbu tumandagi yana bir korxonada sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 3 ming 500 tonna sut qayta ishlanib, keng turdagi mahsulotlar tayyorlanadi va qadoqlanadi. 25 kishining bandligi ta’minlanadi.

Tarmoqdagi korxonalarni omixta yem bilan ta’minlash maqsadida shu yo‘nalishda korxona tashkil etish mo‘ljallangan. 3 ming tonna omixta yem ishlab chiqariladigan korxonada 25 ish o‘rni yaratiladi.

2017-2018 yillarda viloyatda yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturda bolalar sport kiyimlari, trikotaj va momiq matolar, tayyor gazlama, ip-kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Korxonalar 72 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, ularda 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Viloyatda tashkil etilayotgan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari korxonalarida ishlab chiqariladigan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosadi.

Gulistonda shaharga olib boradigan yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinmoqda. Toshkent ko‘chasi kengaytirilib, atrofida ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga safari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev profilaktika inspektori xonadonida bo‘ldi

O‘zbekiston va Mustaqillik ko‘chalari oralig‘ida madaniy markaz barpo etiladi. Xotira maydoni, zamonaviy amfiteatr, viloyat teatrining yangilangan binosi, kitob do‘koni bu yerdagi ma’muriy binolar bilan hamohanglik kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyev kitob do‘koni oldida so‘lim xiyobon barpo etib, Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatidagi xususiylashtirilgan 1 ming 343 korxonada o‘tkazilgan xatlov natijasida bugungi kunda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan 237 obyekt aniqlangan. Ushbu obyektlardan 130 tasi faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, mazkur korxonalarda sanoat yo‘nalishida qiymati 51,9 milliard so‘mlik 36, qishloq xo‘jaligida 11,8 milliard so‘mlikdan ortiq 26, xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishida 18 milliard so‘mlikdan ortiq 68 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada 1 ming 300 dan ko‘proq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Guliston shahridagi sobiq "Vostok LTD" korxonasining bo‘sh turgan binosida "Record Textil" MChJ tomonidan qiymati 10,1 milliard so‘mlik ip-kalavani bo‘yash, Sardoba tumanidagi sobiq parrandachilik majmuasida "Bobur" MChJ tomonidan qiymati 1,9 milliard so‘mlik broyler jo‘jalari yetishtirish, Sirdaryo tumanidagi sobiq sport jihozlari zavodida "Fayz" MChJning 20 milliard so‘mlik investitsiyasi hisobidan g‘o‘zapoyani qayta ishlash orqali DSP ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Davlat rahbarining 2017-yil 30-martdagi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan "Yangiyer" kichik sanoat zonasida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan qiymati salkam 106 million dollar bo‘lgan 125 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Buning samarasida viloyatda to‘qimachilik, charm-poyabzal, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari, meva-sabzavotni qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 3 ming 200 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi

Sanoat zonasi uchun 537 gektardan ziyod yer maydoni ajratilib, uni yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Sobiq "Yangiyeryo‘lindustriya" unitar korxonasi "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazilib, uning negizida Yangiyer temir-beton va metall konstruksiyalari ishlab chiqarish zavodi tashkil etilmoqda. Mazkur zavodda yiliga 83 ming kub metr temir-beton mahsulotlari, 5,5 ming tonna metall konstruksiyalari ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Ushbu loyiha uchun 80 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritiladi. Bu 1 ming 250 ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi tomonidan 2017-2018 yillarda viloyatda meva-sabzavotchilik loyihalari, Sirdaryo tumanidagi "Sirdaryo golden fruts" mas’uliyati cheklangan jamiyati meva-sabzavotchilik logistika markazi, Mirzaobod va Sayxunobod tumanlarida issiqxonalar tashkil etish, Guliston tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, "Guliston agro grup" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan guruchni qayta ishlash, "Agro eko texnoloji" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sabzavot va dukkakli o‘simliklar yetishtirish, unabi bog‘i tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0