TOShKENT, 17-may — Sputnik.Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati bo‘ylab uyushtirilayotgan tashrifi davomida hududning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik faoliyati bilan tanishishni rejalashtirilgan. Bu haqida Hukumat portali xabar bermoqda.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyati iqtisodiyoti ildam qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. 2017-yilning birinchi kvartalida viloyatning yalpi mahsuloti hajmi 5,8 % ga o‘sdi. Ushbu o‘sish sanoat, kichik biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar hisobidan amalga oshirildi.
"Jizzax" erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryodagi filiali tarkibida faoliyat yuritayotgan "Bek" sanoat uyushmasi, "Guliston medtexnika" va "Sirdaryo mega lyuks" qo‘shma korxonalari viloyat iqtisodida muhim o‘rin tutib kelmoqda.
Tabiiy sharoit qiyin bo‘lishiga qaramasdan Sirdaryo dehqonlari paxta, bug‘doy, meva-sabzavotlar va poliz ekinlaridan yaxshi hosil olishmoqda.