Mirziyoyev Sardoba suv ombori xalq uchun qo‘shimcha daromad manbai ekanligini aytdi

© Podrobno.UZO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari mamlakatda muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani, gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tuzilishi rejalashtirilayotganini ta’kidladi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tuziladi. Shavkat Mirziyoyev bu haqda Sardoba suv ombori bilan tanishuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Bureyskaya i Nijne-Bureyskaya GES v Amurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 42 ta yangi GES qurish haqidagi qarorni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2010-yilda Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i oqib o‘tgan hududda suv ombori bunyod etila boshlangan edi. Joriy yilda qurilishi yakunlanadigan gidroinshootda 922 million kub metr suv to‘planadi. Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi unumdor yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkonini beradi.

"Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirmoqdamiz, odamlar takroriy ekin ekib, qo‘shimcha daromad topsin. Sardoba suv ombori hududdagi dehqon va fermerlarga bu borada katta imkoniyatlar yaratadi", degan Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida gidroenergetika sohasida ham muhim kelishuvlarga erishildi. Ushbu mamlakat bilan hamkorlikda suv ombori yonida quvvati 15 megavatt bo‘lgan mini gidroelektrostansiya quriladi.

O‘zbekiston rahbari mamlakatda muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani, gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tuzilishi rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Suv ombori atrofida dam olish zonasi tashkil etiladi.

Aydar ko‘l - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: maxsus otradlar Aydar ko‘l hududini brakonyerlardan tozalaydi
Shu yerda Mirzaobod tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi" unitar korxonasi tomonidan baliqchilik, chorvachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash, sut mahsulotlari va omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sardoba suv ombori va Mirzaobod tumani hududida tashkil etiladigan baliqchilik majmuasi inkubatsion sex, intensiv hovuzlar, baliqni qayta ishlash zavodi, mahsulotlarni saqlovchi muzlatkichni o‘z ichiga oladi. Baliq uchun omixta yem ham shu yerning o‘zida ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalarda 150 ish o‘rni yaratiladi. Majmua "Ipoteka-bank" bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Sirdaryo baliq sanoat" korxonasi uchun asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga safari boshlandi
Sardoba meva-sabzovotlar logistika markazi ham ko‘p tarmoqli bo‘ladi. Bu yerda meva-sabzavotlar yetishtirish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash, muzlatish, saqlash, quritish va yetkazib berish tashkil etiladi. Korxonada 220 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Mirzaobod tumanida tashkil etiladigan chorvachilik kompleksida zotdor qoramollar ko‘paytirish orqali aholiga go‘sht va sut yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. 100 ish o‘rni yaratiladi.

Ushbu tumandagi yana bir korxonada sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 3 ming 500 tonna sut qayta ishlanib, keng turdagi mahsulotlar tayyorlanadi va qadoqlanadi. 25 kishining bandligi ta’minlanadi.

Tarmoqdagi korxonalarni omixta yem bilan ta’minlash maqsadida shu yo‘nalishda korxona tashkil etish mo‘ljallangan. 3 ming tonna omixta yem ishlab chiqariladigan korxonada 25 ish o‘rni yaratiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0