Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yangi loyihalarga alohida eʼtibor qaratdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana / Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev yaratiladigan ish oʻrinlariga kollej bitiruvchilarini keng jalb qilish kerakligini alohida qayd etdi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Mamlakat rahbari viloyatga tashrifi davomida Guliston shahridagi "Sirdaryo Best Fashion" korxonasida boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferы zdravooxraneniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga safari boshlandi

Joriy yil mart oyida foydalanishga topshirilgan mazkur korxonada 500 ga yaqin odam ish bilan taʼminlangan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari toʻliq eksport qilinmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti korxona faoliyati bilan tanishdi.

Zamonaviy va energiyatejamkor texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona bugun nafaqat viloyatda, balki mamlakat miqyosida ham oʻz oʻrniga ega.

Prezidentga 2017-2018 yillarda viloyatda yengil sanoat sohasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur haqida maʼlumot berildi. Dasturda bolalar sport kiyimlari, trikotaj va momiq matolar, tayyor gazlama, ip-kalava ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Sardoba suv ombori xalq uchun qoʻshimcha daromad manbai ekanligini aytdi

Korxonalar 72 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlib, ularda 3 mingdan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyevga viloyatda tashkil etilayotgan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar loyihalari haqida ham soʻzlab berildi.

Yangi tashkil etiladigan korxonalarda ishlab chiqariladigan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilinayotgan mahsulotlar oʻrnini bosadi.

Shavkat Mirziyoyev yaratiladigan ish oʻrinlariga kollej bitiruvchilarini keng jalb qilish kerakligini alohida qayd etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0