Mirzo Ulug‘bek yulduzi ostida

© SputnikTatyana Sinisina
Tatyana Sinisina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Tatyana Sinisina o‘z o‘qish joyi - Toshkent davlat universitetini esga olib, taqdir uni turli yillarda uchrashtirgan ToshDUning buyuk bitiruvchilari haqida eslamoqda

Tatyana Sinisina, InfoShOS bosh muharriri — Sputnik O‘zbekiston uchun

"Nima uchun sizni eslolmayman? Siz APN(siyosiy xabarlar agentligi, demoqchi. Tahr.)da ishlaysizmi va siz bizni bitiruvchimiz bo‘lsangiz kerak…", — deb so‘radi intervyu paytida mendan Moskva davlat universiteti jurnalistika bo‘limining afsonaviy dekani Yasen Zasurskiy. U o‘zining barcha talabalarini yodda tutishi — bu fakt. Men tabassum qildim: "Chunki men Moskva universitetini emas, Toshkent universitetiti bitirganman".

Moskva — Toshkent

Lola Karimova-Tillyayeva Oltin globus tadbiri vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova kinoproduser sifatida ilk loyihasini taqdim etmoqda
Professor to‘satdan jonlandi, o‘rnidan turib, qo‘limni iliq siqib: "Tabriklayman, axir u ajoyib universitet! Uni rus maorif-fidoyilari yaratga; "bilim poyezdlari" Moskvadan Toshkentga to‘lib borgan: professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv anjomlari, kitoblar, xaritalar kolleksiyasi, gerbariylar, asbob-uskunalar. Bilasizmi, tarkibni qizil armiyachilar kuzatib borishgan: o‘sha vaqtlarda, ya’ni 20-yillarda bosmachilar xavfi mavjud bo‘lib, ular hamon poyezd tarkiblariga hujum qilishgan…" Shundan so‘ng birdan hijolat chekdi: "Nima uchun men bularni sizga aytib berapman, axir siz buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz".

Men, albatta, bularni barchasini bilardim, faqat hurmatli keksa kishining gapini bo‘lgim kelmagandi. Sharq o‘rgatgan.

Kutilmaganda suxbatimiz lirik tus oldi: "Toshkent — ajoyib shahar, — dedi Zasurskiy. — Yer sharining ushbu noyob qismida tongda osmonda bir yo‘la uchta yoritqichni ko‘rish mumkin: ko‘tarilayotgan Quyosh, xiralashayotgan Oy va hali so‘nishga ulgurmagan muhabbat yulduzi deb ataladigan Venerani. Aytgancha, o‘zbeklar uni o‘zgacha nom bilan — "Zuxra" deb atashadi", — deya eslatib qo‘ydim. "Rivoyatga ko‘ra, Samarqand amiri, temuriylar sulolasi sarkardasi, buyuk "munajjim" Mirzo Ulug‘bek shunday ismli ayolni sevgan va o‘z sevgilisi ismini samoda muhrlagan"

Biz yana bir oz vaqt Ulug‘bek haqida to‘lqinlanib suhbatlashdik. Qay tariqa birgina zehn kuchi bilan u Samarqand meridiani o‘tishi va Yulduzlar jadvali tuzganini hayrat bilan tilga oldik…

Men qay tariqa maktab yoshimda ilk bor Samarqandga kelganimni, otam bilan muhtasham Registon maydonida bo‘lganimiz, so‘ngra rasadxona qoldiqlarini aylanganimiz, va qanday qilib jajjigina qo‘llarim bilan rangi o‘chgan marmarni silab, Ulug‘bekka rahmim kelgani haqida so‘zlab berdim.

Toshkent — Samarqand

Olti asr muqaddam temuriylar poytaxti Mirzo Ulug‘bek topshirig‘iga asosan Madrasa qurilishi boshlangan, uning peshtoqida shunday so‘zlar bitilgan: "Bilimga intilish har bir musulmon va muslimaning vazifasidir". Ushbu hadis buyuk olimning o‘z xalqiga atalgan bebaho nasihati sifatida jaranglamoqda.

Bu buyuk inson haqida faqat yorug‘ yuksak izzat-ikrom bilan esga olish mumkin.

Tarixda kam uchraydigan ajoyib holat: qudratli temuriylar davlati hukmdori, amiri taxtini ilm dahosi egallagan… Samarqand yaqinida, meridian aniqlangan joyda Ulug‘bek rasadxona barpo etib, Sharqning taklif etilgan yetakchi astronomlari bilan birgalikda astronomik kuzatuvlar olib borgan.

Islom Karimov tug‘ilgan shahar haqida nimalarni bilasiz?
Ulug‘bek rasadxonasining bosh asbobi — 40 metrli sekstant bo‘lgan. Unda Quyosh, Oy holati o‘zgarishi va boshqa sayyorlarning meridian orqali o‘tishi o‘lchangan. Dunyoda bu inshootga teng bo‘lgan inshoot mavjud emas.

1437 yilda Ulug‘bek rasadxonasida yulduzlar to‘plami tuzilgan. Unda 1018 ta yulduzning to‘liq tavsifi berilgan. Shu bilan birga, yulduzli yilning uzunligi: 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniya (noaniqlik +58 daqiqa) ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari Yerning egilgan o‘qi 23,52 darajaligi maksimal aniqlik bilan o‘lchangan.

Ulug‘bekning asosiy mehnati — "Ziji Ko‘ragoniy" astronomik jadvallari 1444-yilda yakunlangan. Olim bu jadvalga 30-yil davomida sinchkovlik bilan olib borgan kuzatuv natijalarini kiritgan. Ulug‘bek tegishli o‘zgartishlarni umrining oxiriga qadar kiritib borgan. Ushbu jadvallar aniqligi bo‘yicha Sharqda na G‘arbda tengi bo‘lmagan. Bu aql bovar qilmaydigan ishdir!

Samarqand — Krakov

Oradan yillar o‘tdi, va kasb yo‘llari meni Krakov shahriga olib bordi. Men Mirzo Ulug‘bekdan keyin 80-yil o‘tib dunyoga kelgan buyuk olim — Kopernik tahsil olgan Yagellon universitetiga keldim. Esimda, polyaklarga samarqand rasadxonasining interyerini bezab turgan (uning markazida Xudo, o‘ng tomonida Ulug‘bek va chap tomonida Kopernik va boshqa ko‘plab buyuk taniqli olimlar tasvirlangan) Ovropaliklar qalamiga mansub bo‘lgan qadimiy suratlar haqida hikoya qilganimda ular meni tinglab hayratlanishgan. 

Shoh noma kitobidan miniatura, 14-asr oxiri - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur sarkardalarining jangovor mahorati Rossiyalik olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda
Polyaklar Ulug‘bek haqida juda kam bilishgan. Men ularga, pani Barbara Kopernik o‘z o‘g‘li Kopernikni Mirzo Ulug‘bekdan keyin 80-yildan so‘ng dunyoga keltirganini eslatib qo‘ydim. Ulug‘bek, Samarqand, Toshkent haqidagi shu materiallarim uchun men Krakovda polshaning jurnalistlarga beriladigan "Pshekruy o‘quvchisi diplomi" bilan taqdirlandim. Ulug‘bek ilxomlantirdi!

Mirzo Ulug‘bek yuragida sir bilan yashagan. Xudo (Olloh)ni tashvishlantirib, nima uchun yulduzlar sanab, osmoni kuzatganligini Mirzo Ulug‘bek atrofida bo‘lgan sulola vakillari anglamagan. Taxt vorislari shiddat bilan bo‘shayotgan amir g‘aznasi uchun jiddiy qayg‘urganlar — rasadxona, tadqiqotlar uchun ko‘p pul kerak edi.

Oqibatda bularning barchasi og‘ir fojiya — padarkushlik gunohi bilan tugadi. Ulug‘bek atigi 55 yoshda bo‘lgan. Buyuk olimning eng noyob ilmiy mehnatlari asrab avaylab saqlashga erishildi. Rasadxona esa buzilib, yer bilan tekislandi. Lekin 1908-yilda rus arxelogi Vasiliy Vatkin ushbu noyob inshootning qoldiqlarini aniqlab, tadqiqot olib borildi.

Yana Toshkent

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti, sobiq Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan. O‘tgan yil dekabr oyida poytaxtga prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan Rossiyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida kelib, Milliy universitetda tashkil qilgan saylov uchastkalariga tashrif buyurdim. Nigohimda butun universitet korpuslari va kuzgi chiroyli ko‘kalamzorlashtirilgan arxitekturasi paydo bo‘ldi.

Amir Temur haykali - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli ma’lumotlar
2000 yillarning boshida menga Rossiya Fanlar akademiyasi Iqlimshunoslik instituti direktori Yuriy Izraeldan intervyu olish haqida topshiriq berildi. Bu ish oddiy bo‘lmadi. Ko‘p marotaba telefon orqali bog‘lanmoqchi edim, lekin uning referentlari har gal ish bilan bandligi haqida bahona qilishar edi. Internetda tarjimai holini o‘qisam, biz bir o‘qish joyini — Toshkent universitetini bitirgan ekanmiz. Izrael universitetning fizika-matematika fakultetini bitirgan ekan, uning ota-onasi fanlar doktori Anatoliy Ivanovich va Antonina Stepanovna odam va xayvon fiziologiyasi kaferasida ishlashgan.

Tahririyat topshirig‘ini bajarish kerak va men akademikka xat yozishga qaror qildim: bu qanaqasi, biz bir joydanmiz, toshkentliklarmiz, qolaversa bitta universitetni tamomlaganmiz, siz esa menga intervyu berishni istamayapsiz! Bir soatdan so‘ng, ular o‘zlari menga qo‘ng‘iroq qilib, kelishimni so‘radi. Kabinetda an’anaviy tarzda paxta rasmi tasvirlangan o‘zbek choynagi va piyolalar, quritilgan mevalar, novvot turardi. Biz ko‘k choy ichib, Toshkent va universitet davrlarini esga oldik.

Yuriy Antoniyevich, buyuk iqlimshunos, jahonga mashhur olim, 2007-yilda ekologiya nominatsiyasida Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Izrael o‘shanda laureat unvonini AQShning sobiq vitse-prezidenti Albert Gor bilan bo‘lishgan.

Toshkent universitetining mana shunday bitiruvchilari bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini kuchaytirishni buyurdi
Toshkent davlat universiteti hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti hozirgi kunda sobiq sovet hududidagi davlatlar o‘rtasida yetakchi bilim yurti hisoblanadi. Kadrlarni tayyorlash 12 ta fakultetda amalga oshirilib, 46 ta yo‘nalishda bakalavriat, 116 ta mutaxassislik magistraturalar mavjud. Universitet dunyoning 30 ta davlatlarining oliy bilim yurtlari bilan akademik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, Ovrupa va Osiyo davlatlaridan talabalar o‘qishga qabul qilinmoqda.

Axir uning ustida Ulug‘bekning charog‘on yulduzi porlamayaptimi? Axir uni Sharqning buyuk faylasufi ruhi qo‘llab-quvvatlamayaptimi?

Yangiliklar lentasi
0