Moskvalikni hayratlantirgan O‘zbekiston

© Iz lichnogo arxiva avtoraSergey Aksenov, publitsist
Sergey Aksenov, publitsist - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergey Aksenov Markaziy Osiyoning maftunkor diyori haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi

Sergey Aksenov, publitsist —Sputnik O‘zbekiston uchun

SSSR tarqalganidan keyin O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar butkul uzilib qolgani yo‘q. Biz shimolliklar uchun maftunkor bo‘lgan bu mamlakatning minglab kishilari Rossiyaga ishlagani yoki o‘qigani kelishmoqda. Biz ham albatta "javob tashrifi" bilan borib turibmiz. Men ana shundayladan biriman. "Samarqandning moviy gumbazlari"ni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish orzuim va nihoyat amalga oshdi. Amir Temurning qadimiy poytaxti, Tangri nazari tushgan Buxoro, zamonaviy Toshkent…

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p

Markaziy Osiyo bo‘ylab yakka sayohat qilish zerikarli Yevropa turizmidan to‘yganlar uchun haqiqiy sarguzashtdir. O‘zbekistonning 30 millionlik aholisining aksariyati mamlakat sharqida istiqomat qiladi. Bu joylar asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Rossiyaga migrantlar ham ko‘pincha shu yerlardan kelishadi. Aynan o‘sha yerda, Qirg‘iziston bilan chegaradosh Farg‘ona vodiysi joylashgan bo‘lib, aholi zichligi Moskvanikiga o‘xshab ketadi.

O‘zbekistonning g‘arbiy qismi esa aksincha, keng va aholi siyrak. Bu yerda qadimiy Samarqand, Buxoro, Xiva joylashgan. Shuningdek, uran konlari ishchilari uchun bunyod etilgan mashhur Uchquduq ham shu yerda. Orol atrofida, Turon pasttekisligida sehrli Qoraqalpog‘iston yotadi.

© Iz lichnogo arxiva Sergeya AksenovaSamarqanddagi Sherdor madrasasi
Medrese Sherdor na ploshadi Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi Sherdor madrasasi

O‘zbekistonga kirish uchun xorijga chiqish pasporti kerak, lekin 90 kundan kam muddatga boradiganlarga viza shart emas. Chegarada yoningizdagi qimmatbaho buyumlaringiz haqida bojxona deklaratsiyasini to‘ldirasiz. Mamlakatga kirgach, darhol ro‘yxatdan o‘tish lozim. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, buni uch kun ichida amalga oshirish kerak. Xostel yoki mehmonxonada muammo bo‘lmaydi, lekin xususiy shaxsning uyida mehmon bo‘lsangiz, u sizni ro‘yxatga olinishingiz to‘g‘risida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatga olinganlik haqidagi kvitansiyani mamlakatdan chiqib ketguningizga qadar yoningizda saqlashingiz kerak. Agarda u yo‘q bo‘lsa katta jarima kutadi. O‘zbek chegarachilari hazillashishni yoqtirishmaydi.

O‘zbekiston qator davlatlar sayyohlari uchun viza tartibini bekor qildi

Mamlakatda safar qilish poyezdda juda qulay. Oddiy yashil rangdagi "sovet" yoki Xitoyda ishlab chiqarilgan tezurar poyezdda manzilga otlanishingiz mumkin. Zamonaviy poyezdlarning o‘z nomi bor. "Afrosiyob" Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan 300 kilometrlik masofani ikki soatda bosib o‘tadi. Buxorogacha esa "Sharq"da ikki baravar ko‘proq vaqt sarflanadi, lekin oradagi masofa ham Moskvadan Pitergacha bo‘lgan masofaga teng. Chipta narxi esa Moskva atrofiga qatnaydigan elektropoyezdlarnikiga nisbatan arzon. Avtobuslar ham bor, lekin vaqt va qulaylik borasida sezilarli farq mavjud.

Hayron qolarlisi, O‘zbekistonda Rossiyadan farqli o‘laroq, mahalliy aviayo‘nalishlar keng rivojlangan. Har bir shaharda aeroport bor.

Aeroport va vokzallar yonidagi taksichilar narxni osmonga ko‘tarib olishgan. Albatta, mahalliy o‘lchovda. Lekin tortishsangiz, arzon-garovga manzilingizga yetib olasiz. Kogon temir yo‘l vokzalidan Buxoro markazigacha 100 rublga bordim. Taqqoslash uchun, Toshkent metrosida jeton narxi 12 rubl turadi, avtobus chiptasi esa 8 rubl.

Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlar o‘rnatiladi

Bu yerda bank kartalaridan foydalanish urf emas. O‘zbekiston — naqd pullar mamlakati. To‘lovlar faqat milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi. Rubl yoki dollarni faqat istisno sifatida qabul qilishlari mumkin. Biroq valyuta almashtirish shoxobchalari deyarli mavjud emas. Ko‘chadagi pul almashtiradiganlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Agarda Rossiyada bu "chatoq ish" bo‘lsa, O‘zbekistonda deyarli ko‘nikib qolingan holat. Biroq militsiyaga ko‘rinish mumkin emas — pulni bunday usulda almashtirish qonunan taqiqlangan. Valyutaning rasmiy kursi ko‘cha kursi bilan bir xil emas. Ming rossiya rubli bir bog‘lam so‘m bo‘ladi.

O‘zbekistonda turli mehmonxonalar bor, lekin menga xostellar ko‘proq yoqadi. Ular karvonsaroylarni eslatadi. Yotoq, dush, konditsioner va wi-fi — yolg‘iz sayyoh uchun kerakli hamma narsa mavjud. Ertalab nonushta qilasiz: non, pishloq, mevalar. Sayyohlar — Yevropa "shakarobi": inglizlar, gollandlar, fransuzlar. Ular bu ajoyib mamlakat bo‘ylab sayohat qilishadi. Oqshomlari to‘planishib, pivo ichishadi, o‘z tillarida chug‘urlashadi. Ruslar juda kam, o‘zbek sayyohlarini esa umuman uchratmadim. Darvoqe, bir-biri bilan rasmiy nikohda bo‘lmagan o‘zbek erkak va ayoli birgalikda xostelda qolishi mumkin emas.

Issiq, taomlar, bozorlar

O‘zbekistonda issiq ham diqqatga sazovor. Yozda osmon xuddi Vereshchaginning rasmlaridagi kabi ko‘m-ko‘k bo‘ladi. Iyul va avgust boshi — jazirama. Kunduzi sayohat qilsangiz keyin konditsioner tagida yotishingizga to‘g‘ri keladi. Va albatta, hamma tinmay suv ichadi.

Mamlakatda "tirik" suv kam. Ariqlar iflos. Toshkentda esa toza kanallar oqadi. Ularda cho‘milishadi. Mamlakatning asosiy darosi Sirdaryo yozda Klyazma darosidan ko‘ra kengroq bo‘ladi. Samarqandga poyezdda ketayotib bu daryo ustidan o‘tasiz.

© Iz lichnogo arxiva Sergeya O‘zbekiston arxitekturasi
Arxitektura Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston arxitekturasi

O‘zbekistondagi taomlar qoyilmaqom. Non tandirda yopiladi — kichik va yengil nonlar yoki ustiga moy surtilgan katta va og‘ir nonlar. Men Registon maydoni qarshisida ana shunday nonlardan sotib oldim. Bu yerda ommabop bo‘lgan somsadan ham oldim. Haqiqiy o‘zbekcha palovni (sariq sabzili) tatish sizga 70-80 rublga tushadi.

Bu yerdagi go‘sht do‘konlari ajoyib. Qaynoq jaziramada ham go‘shtlar ochiq havoda, muzlatgichga solinmagan holda ilmoqda osilib turadi. Ularning rangi qora va bizning go‘shtlarga umuman o‘xshamaydi. Mol-qo‘ylar ertalab, halol yo‘l bilan so‘yiladi. Shuning uchun go‘shtning rangi shunaqa bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham bu go‘shtlar kun bo‘yi sifati buzilmasdan turaveradi. Kechgacha barcha go‘sht sotilib ketadi. Bu go‘shtdan tayyorlangan shashlik og‘zingizda erib ketadi. Manti, sho‘rva, lo‘la kabob kabi boshqa taomlarni bozorlarda ham tatishingiz mumkin.

Sharqda bozor shaharning asosiy joyi hisoblanadi. Menga Samarqanddagi Siyob bozori rang-barangdek tuyuldi. Peshtaxtalar ortida asosan yaqin-atrofdagi qishloqlardan kelgan ayollar. Savdolashishni bilsangiz, yaxshigina chegirmaga ega bo‘lasiz. Aytilgan narxni bemalol ikkiga bo‘lishingiz mumkin. Umuman, rossiyalik mehmon uchun bu yerda hamma narsa arzon. Bir kilo chiroyli shaftoli 30 rubl, tarvuz-qovunlar deyarli suvtekin.

Meva sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi

Ko‘chalarda ba’zan chopon kiygan do‘ppili oqsoqollarni uchratish mumkin. Ammo yuzlarini yopib yurgan ayollarga bir marta ham ko‘zim tushmadi. Bu yerda ko‘pchilik odatiy kiyimda, unchalik ochiq bo‘lmagan, lekin milliylik uncha ham ko‘zga tashlanmaydigan kiyimlarda yuradi. Harholda sivilizatsiya mahalliy an’analarni asta-sekin yeb bitirmoqda. Toshkentda nafaqat xorijliklar, balki mahalliy aholi ham shorti kiyadi. Ayrim qizlar ham. Aytishlaricha, ilgarilari chollar bunday kiyimdagi qizlarni jamoat transportidan tushirib yuborishgan ekan. Endi bu o‘tmishda qolgan.

O‘zbeklar judayam mehmondo‘st. Qirq yoshdan oshgan kishilar rus tilida juda yaxshi gapirishadi. Umuman olganda, O‘zbekiston menga Rossiyadan ko‘ra ancha xavfsizdek tuyuldi. Tunda butun shaharni hech qanday xavotirsiz piyoda kezib chiqish mumkin. Mamlakatning asosan yoshlardan iborat militsiyasi qat’iy. Ular tomonidan menga nisbatan ta’magirlikka urinish holatlari bo‘lmadi. Darvoqe, ular ruschada yaxshi gapirishadi va yo‘l ko‘rsatishga hamisha tayyor. "Rahmat", — deyman men ularga javoban.

© Iz lichnogo arxiva Sergeya AksenovaGilam to‘qiyotgan qiz
Uzbekskaya masteritsa za tkaskim stankom - Sputnik O‘zbekiston
Gilam to‘qiyotgan qiz
Yangiliklar lentasi
0