Moskvada O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMeva sabzavotlar rastasi
Meva sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi hududida O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘ri yetkizib berishni tashkil qilish maqsadida savdo uylari ochildi.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. "O‘zagroeksport" AJ Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari yetkizib beruvchi ulgurji-savdo kompaniyasi "Marka-Fud" bilan birgalikda Moskvada "Marka Fud Uzagro" — savdo uyi ochishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu savdo uyi Rossiya hududida O‘zbekiston meva-sabzavot yetishtiruvchilari nomidan faoliyat yuritadi. Bu esa xaridorlarga sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rubl hisobiga sotib olish imkonini beradi.

"Marka Fud" Moskve va Moskva viloyatida yetakchi ulgurji savdo korxonalaridan biridir. Kompaniya Yangi Moskva hududidagi "Fud Siti" ulgurji oziq-ovqat savdo markazi hududida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida dunyoning bir necha mamlakatlarida savdo uylari tashkil qilishni rejalashtirgan. Bugungi kunda "O‘zagroeksport" AJ Rossiyada to‘rtta va Qozog‘istonda uchta savdo uyi tashkil qildi. Hindiston, BAA, Janubiy Koreya va YeI mamlakatlarida savdo uylari tashkil qilish jarayoni yakuniga yetay deb qolgan.

 "O‘zagroeksport" ixtisoslashgan korxonasi tashqi bozorga meva sabzavot yetkizib beruvchi yagona korxona bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi va xaridor  orasida ortiqcha vositachilarning paydo bo‘lmasligini ta’minlaydi. Bugungi kunda kompaniya chet elga uch million tonnadan ortiq mahsulot yetkizib berishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0