TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. O‘zbekiston – Rossiyalik turistlar uchun qiziq mamlakat, bunga bir necha sabablar bor, deb hisoblaydi Vand sayyohlik kompaniyasi xodimi Irina Medvedeva.
Rossiyalik turistlar uchun O‘zbekiston qizim mamlakat. Birinchidan, u yerga borish uchun viza talab qilinmaydi. Ikkinchidan O‘zbekiston sayyohlik jihatda qiziq mamlakat. U yerda tomosha qiladigan narsa ko‘p: boy tarix va madaniyat, me’morchilik yodgorliklari.
Turistlar tashrif buyuradigan asosiy shaharlar bu – Samarqand, Toshkent, Buxoro va Xiva. Ushbu shaharlarda hamma narsa qiziq. Hatto palov ham farq qiladi. Sayyohlar tomosha bilan birga milliy taomlarni ham degustatsiya qilishadi. Umuman u yerad hamma narsa chiroyli va qiziq, — deydi Irina Medvedeva.
Bugun O‘zbekistonda o‘tgan yilning oxirida qabul qilingan, 27 mamlakat turistlari uchun vizasiz kirish tartibi joriy qilish haqidagi qaror 2021-yilga qadar qoldirilgan edi. Qonundagi ushbu o‘zgarish asosan uzoq chet el mamlakatlariga taaluqlidir. MDH mamlakatlarining aksariyati bilan O‘zbekiston orasida vizasiz kirish tartibi o‘rnatilgan.