TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Birinchi prezidentiga bag‘ishlangan hujjatli filmda Islom Karimovni yaqindan bilgan, bolalik yillarida bir maktabda o‘qigan, turli davrlarda u bilan yonma-yon bo‘lgan kishilar O‘zbekiston Birinchi prezidenti haqida o‘z xotiralari bilan baham ko‘rishgan.
Undan tashqari mualliflar Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqillikka erishishi, mamlakatda tinchlikni saqlab qolishi va eng og‘ir yillarda respublikani yagona to‘g‘ri yo‘ldan boshlab borishda tutgan ulkan roli haqida ham aytib o‘tilgan.
Islom Karimov 1938-yil Samarqandda oddiy oilalardan birida tug‘iladi. O‘sha vaqtlar uning ismini — Islom deb qo‘yilishining o‘zi ulkan jasorat bo‘lgan. Samarqand arxivi xodimi Marina Kukoyansning so‘zlariga qaraganda o‘sha yili Samarqandda tug‘ilgan 1694 nafar o‘g‘il boladan faqat bittasining ismi Islom bo‘lgan.
Islomning bolaligi urush yillariga to‘g‘ri keldi, o‘smirligi esa urushdan keyingi og‘ir yillarda o‘tdi. U bolaligidan mehnat va bir burda nonning qadr qimmatini yaxshi bilardi. Usha yillarda hayot haqiqatdan ham og‘ir edi, lekin odamlar zamonning zahridan to‘ysa ham bir biriga mehrni ayamas edi.
“O‘quvchi Islomda yorqin xotira, betakror qobiliyat va muhimi qiyinchiliklar oldida cho‘chimaslik xarakteri bor edi unda. Eng asosiysi – bolaligidanoq o‘ziga ishonar edi”, — deb eslaydi Islom Karimovning sinfdoshi Shamsiddin Sharopov.
Maktabdan keyin Toshkent Politexnika institutida o‘qidi. Keyin esa Toshket Aviatsiya zavodiga ishga kirdi. Zavodda ishlab turib Xalq xo‘jaligi institutining Iqtisod fakultetini ham yakunlaydi.
“Agar biror ish bugun qilinishi kerak bo‘lsa – u ertaga qoldirmas edi. Kechasi bilan qolib bo‘lsa ham ishlab, ertalab tayyor chizmalarni topshirar edi, — deb eslaydi Mixail Kaznov sobiq Toshkent Aviatsiya zavodi konstruktor burosi rahbari.
Islom Karimov o‘zini ishga to‘liq safarbar etar va atrofdagilarga biror yangilik qidirayotganga o‘xshar edi. Aviazavodda usta yordamchisidan yetakchi injenergacha vazifasi bosib o‘tdi.
A’lo darajada texnik va iqtisodiy ta’lim olgan Islom Karimov tez orada rahbariyat e’tiborga tusha boshladi. Uning yorqin analitik aqli, iqtisodiy bilimi, hamma narsani mantiqqa bo‘y sundira olish mahorati boshqalarga sezilar edi. 1966-yildan u Respublika Davlat planida ishlay boshladi.
"Davlat planida ishlab yurgan vaqtida Islom Karimov Respublika iqtisodini chuqur o‘rganib uni rivojlantirish taklifini Markaziy qo‘mita bir necha bor qayta qayta kiritdi. O‘sha vaqtlar O‘zbekiston birinchi sekretari yordamchisi bo‘lgan Anishevga bunday takliflar yoqmas edi", — deb eslaydi Madamin Hasanov, sobiq O‘zSSR Savdo vaziri.
Islom Karimov o‘z fikrini qat’iy himoya qildi. Markaz manfaatlarini himoya qilgan Anishev rahbariyatga Karimovning Toshkentda qolishi maqsadga ma’qul emasligini va uni viloyatga jo‘natish keraklik taklifini kiritdi.
Shundan so‘ng respublikada eng qoloq bo‘lgan Qashqadaryo viloyati birinchi sekretari lavozimini o‘tkazildi. O‘sha vaqtlar Qashqadaryo viloyati uchun og‘ir yillar edi. Viloyat bir necha yildan beri pata planini bajara olmayogan vaqtlar edi.
Karimov Qashqadaryo birinchi sekretari bo‘lganidan keyin, u o‘z atrofiga eng yaxshi mutaxassislarni yig‘adi. Ularning maslahati bilan xo‘jalk ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, viloyatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.
Markaz tomonidan yuborilgan Gdlyan va Ivanov nomli tergovchilar tomonidan qamoqqa olingan bir necha aybsiz rahbarlarni oqlab, qamoqdan chiqarishga muvaffaq bo‘ladi.
Prezident bo‘lganidan keyin ham Islom Karimov Qashqadaryoliklarga juda iliq munosabatda bo‘lgan. “Qashqadaryolikni qayerda ko‘rsam darrov taniyman”, deb aytardi Karimovning o‘zi.
Islom Karimov nomzodi O‘zbekiston prezidenti lavozimiga taklif qilinganda, Moskvaga uchib boradi. Siyosiy buro kengashida Islom Karimovga o‘ziga nisbatan samimiy munosabat sezmaydi. Ustiga ustak Ligachev ismli buro a’zosi kesatiqlar qila boshlaydi.
O‘shanda Islom Karimov “Agar bu yerda o‘tirganlar orasida kimnmidir mening 28-yillik tajribam qoniqtirmayotgan bo‘lsa, men bu yerdan ketishim mumkin. Gorbachevga yuzlanib — mening nomzodimni olib tashlang”,- deb eshikni yopib chiqib ketdi.
Biroz vaqt o‘tib uning nomzodi O‘zbekiston birinchi kotibi lavozimiga saylanadi.
1989 yillarda butun Ittifoq va O‘zbekiston ham og‘ir ahvolda edi. Iqtisodiy va ijtimoiy muammolar juda ko‘p edi.
Ustiga ustak, 1989-yilning iyun oyida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklar orasida qonli to‘qnashuvlar boshlandi. Islom Karimov, zudlik bilan ushbu to‘fonni bartaraf etish choralarini qo‘lladi. U falokat yuz bergan joyning markaziga kirib boradi va uning oldini oladi va shundan keyin adolatni qaror topishi va o‘zbek xalqining nomini oqlashga harakat qiladi.
“Islom Karimov Sovet Ittifoqi davridayoq adolatsizlikka qarshi tura olgan inson edi. U dono rahbar sifatida oyoqqa turdi, jasorat ko‘rsatdi va uning jasorati oldida hamma chekindi”, — deb eslaydi Ozarbayjon sobiq prezidenti Geydar Aliyev.
Bu faolkatdan keyin Toshkentning Bo‘ka va Parkent tumanlariga ham notinchlik yetib keladi. Bu safar ham Islom Karimov darhol qotillik va talon taroj kuchayayotgan joyga yo‘l oldi. Voqea joyiga yetib borgach u yerdagi otliq yigitlardan birining otini minib, namoyish qilayotganlarga murojaat qilgan.
“Bolalarim, men Karimovman. Bizlarga tinchlik kerak. Mana ittifoq tarqalmoqda. Hamma joyda ham qiyinchiliklar bo‘lmoqda. Bizga faqat tinchlik kerak. Faqat tinchlik bo‘lsa hamma muammolar yechiladi, agar to‘polon bo‘layotgan bo‘lsa oqibati yomon bo‘ladi”, — deb samimiy murojaat qildi, deb eslaydi voqea guvohlaridan biri.
Respublika rahbarining kutilmagan hatti-harakatini ko‘rgan olomon bir zumda tinchlandi. Karimov odamlar bilan yuzma-yuz gaplashdi, e’tiroz bilan qilgan murojaati yuraklarga yetib bordi. U toshib ketgan irmoqni yana o‘z oqimiga qaytardi.
Islom Karimov o‘rni kelganda har qanday muammoni kabinetda o‘tirib emas, joyida hal qilar edi.
SSSR tarqalishiga sanoqli kunlar qolganini aniq bilgan O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritdib mamlkatda prezident saylovini joriy qildi. 1990 yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.
Endi O‘zbekiston Markazning topshiriqlariga ko‘r-ko‘rona itoat etmaydigan yangi tizimga, butun bir xalqning asriy orzusi bo‘lmish Mustaqillk bo‘sag‘asida turgan edi.
Lekin shunga qaramay, mustaqillikka erishish osn emasligini Islom Karimov yaxshi tushunar edi.
“Kim o‘z xoxishi bilan xom-ashyoni tekinga sotib beradigan respublikaga mustaqillikni berib qo‘yadi? Tarixda bo‘lganmi shunday voqea? – Yo‘q bo‘lmagan. Ertaga oltinimiz o‘zimizniki bo‘lsa, paxtamiz o‘zimizniki bo‘lsa, mana ko‘rasiz, salom berib hammasi keladi. Bizlar bilan undan keyin muloqot boshqacha bo‘ladi”, — deb murojaat qilgan edi prezident deputatlarga o‘shanda.
1990-91 yillarda O‘sh va Uzgen shaharlari o‘zbek va qirg‘iz millatlari orasida qonli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Necha-necha uylar yoqib yuborildi, begunoh odamlar o‘ldirildi.
O‘shanda Qirg‘izistonda jabrlangan o‘zbeklar uchun qasd olishga otlangan yoshlarni oldiga chiqib Islom Karimov “Birorta o‘zbek O‘shga chegarani buzib o‘tmaydi. Men prezident ekanman hech qanday qasdma-qasdlikka yo‘l qo‘ymayman”, - deb qasd olishga shaylangan o‘zbeklarning to‘xtatib qoldi.
“Agar O‘shanda Karimov aralashib o‘zbeklarni to‘xtatib qolmaganda, u yerda haqiqiy urush bo‘lar edi va Bizni mamlakatlar rivojlanishdan bir necha o‘n yillar orqada qolib ketga bo‘lardi”, — deb esalaydi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev.
1991 yilning 1-sentabrida, orziqib kutilgan mustaqillik e’lon qilindi. Islom Karimovning O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat bayrog‘i ishlab chiqarishda shaxsan o‘zi qatnashdi.
Bundan ko‘p o‘tmay, 1991-yilning dekabrida Namanganda Tohir Yo‘ldoshga ko‘r-ko‘rona ergashganlar O‘zbekiston mustaqilligiga tosh otdi. Ular O‘zbekistonni islom davlati deb e’lon qilishni talab qilib namoyishga 10 mingdan ortiq odam to‘plangan edi.
Islom Karimov to‘g‘ridan-to‘g‘i voqea joyiga borib namoyishga chiqqanlarga murojaat qiladi va ularning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Prezident uning bir o‘zi ushbu talablarni amalga oshira olmasligini va buning uchun hukumat a’zolarning, kengashning ruxsati kerak bo‘lishini xotirjamlik bilan namoyishchilar rahbarlariga tushuntiradi.
Voqeadan bir necha yil o‘tib, Islom Karimov “Bizlarni xudoning o‘zi asragan edi o‘shanda va hozirgacha Ilohiy kuch balo qazolarni chetga surib bizga baxtimizni berayapti”, — degan edi.
Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston prezidenti sifatida ilk tashriflaridan birini Saudiya Arabistoniga uyushtirgan edi. O‘shanda Islom Karimovga katta lutf va izzat-hurmat ko‘rsatilib, uni Ka’baning ichki qismiga taklif qilishganda Islom Karimov 2 rakat namoz o‘qib, “Yurtimni tinchi qil, elimning farovonligini ber”, deb ollohdan so‘ragan edi, — deb eslaydi Usmonxon Alimov Imom Al-Buxoriy masjidi imomi.
Islom Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratishda ham shaxsan o‘zi ishtirok etgan edi. Prezident salkam 5 soat davomida matn ustida ishlab, har bir sahifada shaxs tarbiyasiga, ommaviy ong shakllanishiga va mammalkat fuqarosi ongi shakllanishiga alohida-alohida urg‘u berish haqidagi taklifini kiritgan edi.
Keyingi balo 1999-yilning 16-fevralida yetib keldiyu. Toshkentdagi vazirlar mahkamasi, prezident apparati va IIV binolari yonida sodir bo‘lgan terrorchilik aktlari bir necha kishining umriga zomin bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohatlandi. Ushbu mudhish voqealar sodir bo‘lishiga qaramasdan, prezident Mustaqillik maydoniga borib teleefir orqali so‘zga chiqadi.
“Xalqimizga aholigi murojaat qilib aytmoqchiman – vahima bo‘lmasin. Ularni topib joy joyiga qo‘yishga, kerak bo‘lsa bu muttahamlarning qo‘lini kesib tashlashga ham kuchimiz yetadi”, — degan edi Islom Karimov.
“Mendek odamni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Odamlar har xil bo‘ladi, birovni o‘ldirish mumkin, birovni qo‘rqitish mumkin, boshqasini mana shunday harakatlar bilan yo‘lidan qaytarish mumkin, lekin meni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Men ertangi kunimizni himoya qilish uchun jonimni ham berishga tayyorman. Bu bekor gap emas”, — degan edi Islom Karimov ushbu voqeadan 2 soat o‘tib.
“Prezident Islom Karimov tarixiy xotira bugungi zamon bilan uyg‘unlashishi orqali kishilar qalbida undan g‘ururlanish paydo bo‘lishi uchun amaliy ishlarni bajardi. U xalqning eng haqqoniy va obyektiv tarixini qayta tikladi. Mustaqillik yillarida Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Manguberdi kabi ko‘plab allomalarning xotirasi uchun haykallar qurildi. Ko‘plab shaharlar tarixi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Ularning yubiley sanalari keng nishonlanmoqda. Bu o‘z natijasini bermoqda. Millat o‘zining madaniy me’rosini yaxshi bilishi yaqqol ko‘rinib turibdi”, — deydi Xorxe Espinal Yuneskoning O‘zbekistondagi vakili.