TOShKENT, 22 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Zukkolar davrasida" — bolalar va o‘smirlar ma’rifiy-intellektual jurnali Bosh muharriri, jurnalist Fozil Jabborov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston Xalq shoiri, xalq Qahramoni Abdulla Oripov, hamda O‘zbekiston xalq shoiri, xalq Qahramoni Erkin Vohidovlar haqida xotira kitobini nashrdan chiqarish tashabbusi bilan chiqmoqda.
U bu haqda o‘zining facebook dagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Shu masalada "Ma’naviyat-targ‘ibot markazidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular xatni Yozuvchilar uyushmasiga jo‘natapti ekan", — deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga Fozil Jabborov.
Sputnik O‘zbekiston nashri muxbiriga berilgan xabarga ko‘ra, Jabborov ushbu masala yuzasidan yaqinda Islom Karimov fondini tashkil qilgan Lola Karimovaga ham maktub yo‘llagan.