Islom Karimov o‘qigan maktabda xotira tadbiri o‘tkazildi

© Novosti UzbekistanaIslom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir
Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targ‘ib qiluvchi targ‘ibot guruhlari ish boshladi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston xalqining buyuk farzandiga ehtirom ko‘rsatildi, deb xabar qilgan "Zarafshon" nashri.

Xabarga ko‘ra, viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targ‘ib qiluvchi targ‘ibot guruhlari ish boshlagan.

Islom Karimov xotirasi abadiy - Sputnik O‘zbekiston
Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi
Islom Karimov tahsil olgan muassasa – Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabida prezident xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilgan. Unda Birinchi Prezident rahnamoligida mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lgani, demokratik islohotlarni joriy etish borasida buyuk taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani e’tirof etilgan.

Maktabning 9-sinf o‘quvchisi Diyora Egamova quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: "Mustaqilligimizning asoschisi bo‘lgan Islom Karimov bir vaqtlar bizning maktabimizda tahsil olgani menga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu o‘z navbatida, bizga yaxshi ta’lim-tarbiya olib, Vatanimizga munosib farzand bo‘lish mas’uliyatini yuklaydi".

Islom Karimov o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevdi, o‘zining so‘nggi kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi. O‘zbek xalqining buyuk farzandining so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0