Igor Nikolaychuk, RSTI eksperti —Sputnik Oʻzbekiston uchun
Mamlakatlar rahbarlari milliy manfaatlarni himoya qilish siyosati — bu murakkab, koʻp oʻlchovli va rivojlanib boradigan tizim ekanligini yodda tutishlari lozim.
AQShning 45-prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga bagʻishlangan dabdabali marosim jahon OAV tomonidan ilk marta rasmiylik qoidalari emas, shou-biznes qonunlariga asosan yoritildi. Bu xuddi "Barcha Oskarlarning Oskari"ni topshirish marosimiga oʻxshadi.
Mazkur tantanalar Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning davlat rahbari sifatidagi ilk siyosiy qadamidan keskin farq qilishi bilan birga ekspertlarga ularning siyosiy vazifalari parallel ekanligi haqida fikr yuritish imkoniyatini ham beradi…
AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi farq, shubhasiz, juda katta. Buning sof obʼyektiv sabablari bor. Bu sabablar maydon, geografiya, tarixdan boshlanib etnik-konfessial va tsivilizatsion omillarda tugaydi. Ayni holatda esa avvalo bu davlatlar rahbarlarining boshlangʻich nuqtalarini belgilab beradigan ayrim tafovutlarni taʼkidlash oʻrinli.
Mamlakatni "soʻligan" holda olgan Donald Trampga havas qilib boʻlmaydi. Buni hamma biladi. Buning ustiga, amerikaliklarning oʻzlari (balki bunda yashirin injiqlik bordir) oʻz millatlarini boʻlinib ketgan deb atashadi. Gap shundaki, bu darzlar (mayda boʻlsayam) shunchalik koʻpki, ularni yopish juda qiyin, ular dunyodagi anglosakson hukmronligining susayishiga sababchi boʻldi. Harholda, parchalab tashlamadi ham.
Sovetlardan keyingi Oʻzbekistonga nisbatan "nodoʻstona sovuq" munosabatda turuvchi xorijiy analitiklar Karimov chorak asr rahbarlik qilgan oʻzbek xalqi hali ham sovetcha fikr yuritadigan — "boshqa mafkura yoʻqligi" uchun otalarga boʻysunuvchi xalqligicha qolgan deb taʼkidlashdan charchashmayapti. Ularning fikricha, "qudratli davlat mashinasi" davlat rahbariga sadoqatli fuqarolarni tarbiyalagan.
Shunday qilib, Tramp yana "Amerikani buyuk qilish" uchun ishlashi lozim — birinchi navbatda davlatga sadoqatli fuqarolarni tarbiyalash orqali. Shaxsiy maqsadlarni qondirishga boʻlgan "telbalarcha cheksizlik"ka eʼtibor susayadi. Sobiq sovetlarning (aslida esa milliy-davlatchilik) "Avval Vatan haqida oʻyla, keyin oʻzingni oʻyla" shioriga amal qilish koʻzda tutilmoqda. Istaganingizcha kinoya qilishingiz mumkin! Lekin tubi koʻrinmaydigan amerikacha xudbinlikning tubini yaratish boshlandi.
Inauguratsiyadan bir necha daqiqa oʻtganidan soʻng Oq uy saytidan LGBT-jamiyatlar (lesbiyankalar, geylar, biseksuallar, transgenderlar)ni qoʻllab-quvvatlash haqidagi boʻlim oʻchirib tashlandi. Noanʼanaviy jinsiy yoʻnalishdagi shaxslarga bagʻishlangan mazkur sahifa ozchilikning huquqini himoya qilishga chaqiradigan qonunchilik tashabbuslarini chop etishga moʻljallangandi. Bundan buyon boshqalarni, masalan, yaxshi hayot kechirish umidida Trampni qoʻllab-quvvatlagan "oʻrta va keksa yoshdagi ishchilar" huquqlarini himoya qilishadi. Ehtimol, Meksika bilan chegarada devor qurishadi — ish oʻrinlarini tortib olayotgan migrantlarga qarshi.
Geylar va boshqa ijtimoiy qatlamlar bilan oʻyin olib borish saylovlarda foyda keltirmasligi ayon boʻlib qoldi. Xalqqa suyanish (har qanday holatda) manfaatli ekanligi maʼlum boʻldi.
Mirziyoyev uchun esa amalga oshiradigan vazifalar boshqacha — azaliy ahillik asosida milliy davlatchilikni rivojlantirish va jamiyatni takomillashtirish.
Yoʻnalish va shakli esa hukumat tepasidagi Oʻzbekiston rahbarlarining suveren tanlovidir. 2016 yilning 7 dekabrida Konstitutsiya kunini nishonlash marosimida Mirziyoyev kelayotgan yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb atashni taklif qildi. Mazkur yildagi asosiy tamoyillardan biri "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyildir. Mirziyoyev amaldorlarni fuqarolardan ajralib oʻz kabinetlarida oʻtirmaslikka, balki odamlar bilan muloqot qilish va ularni tinglashga chaqirdi.
Iboralarda aytilganidek, kim qarshilik qiladi! Lekin negadir "Gorbachev uslubidagi qayta qurish" zarurati haqidagi gap-soʻzlar paydo boʻldi. Kimlardir darhol "Mirziyoyev ham Gorbachev singari davlat tizimini isloh qilishda uzoq siyosiy uyqudan endigina uygʻongan odamlar bilan muammolarga duch keladi" deb yozib tashladi. Bunday deyishdan maqsad ozmi-koʻpmi — millatni siyosiy jihatdan uygʻotish. Geosiyosiy qoʻshnilar borasida nima gap?
Bu yerda esa mavzuni oʻzgartirishimizga toʻgʻri keladi. Lekin oʻzgartirish bu bir qarashda xolos.
Demak, Tramp Xitoy bilan munosabatlarga ustuvor oʻrin ajratmoqda. Boshqacha koʻrinishdagi tahdidlar haqidagi barcha gap-soʻzlar goʻyoki toʻxtatiladi. Tramp geosiyosatining maqsadi XXRni zaiflashtirishdir. Odatda bunday hollarda "rejimni qayta shakllantirish" vazifasi ham rejalashtiriladi, lekin bu Trampning qoʻlidan keladigan ish emas.
Agarda Chubaysning Davosdan bergan "telefon orqali intervyu"siga ishonadigan boʻlsak, Xitoy kommunistlari rahbari Si Tszinpin jahon iqtisodiy minbarida chiqish qilib, globalizmni qoʻllab-quvvatlash va liberal (Chikagocha taqriz boʻyicha) iqtisodiyot borasidagi yetakchilikka nisbatan Xitoyning eʼtirozlarini bildirdi. Bu haqda sharhlovchilar bahslashishsin, lekin Xitoy Trampning iqtisodiy siyosatiga mutlaqo qarshi chiqayotganligini barcha eʼtirof etmoqda. AQShning Xitoy bilan kurashi shubhasiz, "Rossiya qartasi"ni ishga solish hisobiga amalga oshiriladi, garchi Rossiya va AQSH munosabatlarida "gullar ochilayotgan" boʻlsa-da.
"Rossiya qartasi"ning oʻynalishi avvalo XXR va Rossiyani Markaziy Osiyo hududidan chiqarib yuborishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston esa Markaziy Osiyo hududida mustaqil oʻyin olib borish uchun yetarlicha qudratga ega. Hatto qoʻshnilarning siyosiy va harbiy-siyosiy yaqinlashuviga nisbatan ham.
Mirziyoyev uchun Trampning inauguratsiyasidan keyin Rossiya-Xitoy tanlovi paydo boʻlmoqda. Obama davrida AQShdan uzoqda joylashgan Osiyoning bu qismi taqdir hukmiga tashlab qoʻyilgandi. Endi unday emas.
2017 yil yanvari boshida XXR davlat kengashi Xitoyning Osiyo-Tinch okeani hududida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlik sohasidagi siyosatiga bagʻishlangan "Oq kitob"ni chop etdi. "Xitoyning Osiyo-Tinch okeani hududida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlik sohasidagi siyosati" deb nomlangan hujjatda SSSR tarqalganidan buyon ilk marta xalqaro koʻp tomonlama hamkorlikni faollashtirishga eʼtibor qaratiladi. Shu paytgacha u yoki bu masalada ikki tomonlama hamkorlik shakli XXR hukumati uchun maʼqul boʻlardi. Endilikda Xitoy "jahonning masʼul davlati"ga aylanmoqda.
Hujjatda SHHTning koʻp tomonlama mexanizmlariga roʻyxatning oxirrogʻida, toʻqqiz oʻrindan sakkizinchisida joy ajratilgan. Bundan Xitoyning SHHTdagi faoliyatida xavfsizlikka emas, iqtisodiyotga ustuvorlik berilgan deb taxmin qilish mumkin. Analitiklarning fikricha, Pekin SHHTning hududiy antiterror tuzilmasining samaradorligiga shubha bilan qaramoqda.
Darvoqe, "Oq kitob"da Xitoy, Afgʻoniston, Pokiston va Tojikiston qurolli kuchlari oʻrtasida tuzilgan hamkorlikning yangi mexanizmi alohida tilga olinadi. Bunday shakldagi faoliyat asosida operativ maʼlumot almashish va tahlil qilish, hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlari va terrorizmga qarshi kurashda oʻzaro yordam koʻrsatish yotadi.
Rossiyalik ekspertlarning fikricha, bunday tuzilmaning paydo boʻlishi sabablaridan biri Ipak yoʻli iqtisodiy kamarining muhim qismini tashkil etuvchi Pokiston-Xitoy iqtisodiy yoʻlagi xavfsizligini taʼminlash ehtiyojidir. Mazkur toʻrt mamlakatning bu shakldagi hamkorligi mustahkamlanishidan kelib chiqib, kelajakda hududda KXSHTni eslatuvchi, lekin XXR yetakchilik vazifasini bajaruvchi yangi tuzilma paydo boʻlishi mumkin degan fikrni istisno qilib boʻlmaydi.
Yuqorida aytilganlardan va yangi yilda Rossiya Yevrosiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonlarini faollashtirishni rejalashtirganini hisobga olib aytish mumkinki, Oʻzbekistonning ahamiyati va "mintaqadagi masʼul davlat"ga aylanishi imkoniyati oshib bormoqda. Moskvada 19 yanvarda boʻlib oʻtgan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarga ana shu nuqtai nazardan qarash lozim.
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida shov-shuvli voqealar yuz bermagan boʻlsa-da, "Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish va ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi tadbirlarga alohida eʼtibor qaratil"ganligini eʼtirof etish joiz. MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi 7 aprel kuni Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Nima ham derdik! Gapni Trampning lavozimga kirishishidan boshlab, Oʻzbekistonning MDHdagi faoliyati kuchayishida tugatdik. Hammasi oddiy. Mamlakat yetakchilari: Mirziyoyev ham, Putin ham, Si Tszinpin va Tramp ham siyosat tizimli ekanligini tushunishadi (tushunishlari shart). Aniq vazifani esa milliy manfaatlar belgilab beradi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilish mumkin.