TOShKENT, 21 sen — Sputnik. XXR bosh vaziri Li Ketsan xalqaro hamjamiyatni terrorizmga qarshi qat’iyroq kurashishga chaqirarkan, bu borada ikki yoqlama standart siyosatidan voz kechish kerakligini ta’kidladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Terrorizm — bu insoniyatning umumiy dushmani. Unga qarshi qat’iy kurashish zarur. Lekin ikki yoqlama standartni qo‘llamaslik lozim", — dedi Li Ketsan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida so‘zga chiqib.
Bosh vazir terrorizmni “alohida bir davlat, xalq yoki dinga bog‘lamaslik kerakligi”ni ta’kidladi.