Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev xalq manfaatlari barcha narsadan ustun ekanligini ta’kidladi

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida aholi manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilishiga e’tibor qaratdi.

"Aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq choralar ko‘rishni men o‘zim uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman", dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qur’on va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qildi

Shavkat Mirziyoyev rahbar va mansabdorlar faoliyati hisobot berish tizimi orqali baholanishini bildirdi.

"Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi. Shu sababdan har bir rahbar va mansabdor shaxsdan ayni shu asosda tizimli va samarali ish olib borishni talab etaman", dedi u.

"Sizlarga yaxshi ma’lumki, biz 2017-yilni yurtimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qildik. Lekin, hammamiz tushunamizki, xalq bilan muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash – bu biz uchun faqat bir yillik ish emas.

Bu masala kelgusi besh yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor vazifa bo‘lib qoladi va bu haqiqatni hammamiz chuqur tushunib, yaxshi anglab olishimiz shart.

Chunki, biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat qurish yo‘lida qanday ish qilsak, ularning barchasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz.

Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq.

Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak – odamlarimiz bilan.

Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.

Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi.

Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0