TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Donald Tramp prezident sifatida oʻzining ilk raqsini ijro etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, qasamyod sharafiga uyushtirilgan balda Tramp sahna ortidan Melaniya bilan qoʻl ushlashgan holatda chiqib kelgan. Endilikda Amerikaning birinchi xonimiga aylangan Melaniya yelkalari ochiq, uzun qaymoqrang libosda boʻlgan.
.@POTUS dances with @FLOTUS at The Salute To Our Armed Services Inaugural Ball in Washington, D.C. #Trump45 #inauguration pic.twitter.com/lT17ZOv8j9
— Fox News (@FoxNews) 21 yanvarya 2017 g.
Obama bilan choyxoʻrlik qilish uchun moviyrang libos tanlagan Melaniya allaqachon ommaning olqishiga sazovor boʻlgan edi. Sababi, libos ayolga juda yarashgan, va Trampning qasamyod tadbirini tomosha qilish uchun kelgan xaloyiq "Nahotki, shu Melaniya boʻlsa" deya koʻzlariga ishonishmagan edi.
Tramp avvaliga koʻpminglik auditoriya oldida qisqa nutq soʻzlagan. "Biz buni uddaladik!", deb aytgan va navbatdagi bor Amerikani "yana qudratli davlatga aylantirish" vaʼdasini bergan. Shundan soʻng rafiqasiga yuzlanib, "agar men bilan raqs tushsangiz, katta iltifot koʻrsatgan boʻlardingiz", deb aytgan. Bal translyatsiyasi Fox News telekanali tomonidan amalga oshirilgan.