Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShdagi prezidentlik saylovlari Respublikachilar partiyasidan nomzod - Donald Jon Trampning mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi. 70 yashar biznesmen Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidentiga aylandi

Vladimir Ardayev, "Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi sharhlovchisi

AQSh prezidentligi uchun olib borilgan saylovoldi kampaniyasi shu darajada qizg‘in kechdi-ki, kurash Amerikaning ikki asosiy partiyasi o‘rtasida emas, balki bir-birini ayblash va haqoratlash uchun bisotidagi bor gapini ayamaydigan ikki shaxs o‘rtasida boraptimikin, degan fikr ham paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, nomzodlarning har biri o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi. Xillari Kliton va Donald Tramp Amerika endilikda qaysi yo‘ldan bormog‘i kerakligi, davlat iqtisodiy va ijtimoiy hayoti,  ichki va tashqi siyosatida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurligi borasida o‘z saylovoldi dasturlarida fikr bildirib o‘tdilar.

Xo‘sh, Donald Tramp amerikaliklarga qanday va’dalar bergan edi?

1. Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish

Trampga ko‘ra, prezident saylovlarida g‘olib chiqqudek bo‘lsa, u Rossiya bilan munosabatlarni normallashtiradi va shaxsan Vladimir Putin bilan yaxshi aloqa o‘rnatadi.

AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
"Moskva qo‘g‘irchog‘i" va "qahrli ayol": Tramp va Klintonning eng so‘nggi debati qanday o‘tdi?
Tramp "ID" terrorchilariga qarshi hamkorlikda kurashish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish va boshqa mintaqaviy muammolar yechimini topish uchun ham Moskva bilan aloqa qilish lozim, degan fikrda. Ushbu maqsadlarga yetishish yo‘lida, u hatto, Ukraina, Suriyadagi isonchilar va hatto, NATOga a’zo yevropalik yetakchilar yordamidan ham voz kechishga tayyor.

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "haqiqiy yetakchi" deb hisoblaydi. "Putin amerikalik siyosatchilardan farqli o‘laroq mamlakatni haqqoniy boshqaradi", — degan edi u.

2. Islom terrorchiligini yo‘qotish

Donald Tramp islom terrorchiligini ildizi bilan quritishga so‘z bergan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hozirga qadar o‘z oldida turgan tahdidlarni qanday yo‘q qilgan bo‘lsa, "islom terrorchiligini ham xuddi shu tarzda yo‘q qilishi" shart.

Eron harbiylari Ormuz bo‘g‘ozida AQSh kemasi yaqinida raketalar uchirdi
Tramp prezident kursisiga o‘tirishi bilan radikal islom targ‘ibotiga qarshi kurashuvchi xalqaro anjumanni chaqirmoqchi. Siyosatchi ushbu kurashda AQShga Yaqin Sharq davlatlaridan — avvalo Isroil, so‘ngra Iordaniya va Misr ittifoqdosh bo‘lishini aytib o‘tgan.

Tramp nafaqat "ID", balki "Al-Qoida"ni ham butkul yo‘q qilib tashlab, "XAMAS" hamda "Hizbulloh" singari terrorchilik uyushmalari moliyaviy manbalarini quritishga va’da bergan. Tramp fikriga ko‘ra, islom terrorchiligining bosh homiysi bu — Eron.

3. Amerikani nolegal immigrantlardan tozalash

Donald Trampning immigratsiya qonunchiligida radikal o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ta’kidlari katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Amerika milliarderi va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi
Amerikadagi nolegal immigrantlarni amnistiya qilishga va ularga AQShda qolib yashash imkonini beruvchi hujjatlarni berishga va’da qilgan Klintondan farqli o‘laroq, Tramp, mamlakatdagi 11 million nolegallarni chiqarib yuborishi haqida juda ko‘p gapirgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ularning teng yarmi tez kunlarda Amerikani tark etadi.

Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish istagi hamda islom diniga amal qiluvuchi kishilarga Amerika eshiklarini yopishi to‘g‘risidagi gaplari esa omma orasida katta janjallarni keltirib chiqargan edi.

4. Marixuanani legallashtirish

Shtatlar qanday siyosatni yuritishlaridan qat’iy nazar, Tramp, prezident bo‘lib saylangudek bo‘lsa, butun mamlakat bo‘ylab yengil giyohvand moddalarni legallashtirishga va’da bergan.

Trampga ko‘ra, nashani "undan foyda olish uchun" sotish lozim.

Keyinchalik u yuqoridagi gaplarni hazil tariqasida aytganligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, ammo nashadan tibbiy maqsadlarda foydalanish — normal holat ekanini ta’kidlagan.

5. O‘lim jazosini saqlab qolish

Tramp o‘lim jazosini saqlab qolish, qolaversa, politsiyachilarni o‘ldirgan kishilarga nisbatan oliy jazoni qo‘llash tarafdori. Bundan tashqari, Respublikachi, Kubada Guantanamo qamoqxonasini saqlab qolish va terrorchilikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan "keskin" tergov choralarini qonunlashtirish kerak degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.

6. Korrupsiyani yengish va OAV kuchini susaytirish

Klintonning tarafdorlari ko‘zda yosh bilan tarqalmoqdalar - Sputnik O‘zbekiston
"Kampir Xillari dam olsin" yoxud siyosatchilar Tramp g‘alabasi haqida
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Tramp media resurslarning monopoliya qilinishiga keskin qarshilik ko‘rsatishini aytib o‘tgan. "Monopollashtirilgan media resurslar jamoatchilik fikrini muayan siyosiy kuchlar foydasiga burib yuborishi hech gapmas", — deb ta’kidlagan u bu borada.

7. Soliqlarni kamaytirish

O‘zining saylovoldi dasturida Tramp barcha amerikaliklar uchun soliq hajmini yengillashtirish va’dasini bergan.

8. Obamacare dasturini yo‘q qilish

Tramp o‘z prezidentligining ilk kunidayoq sog‘liqni saqlash sohasida Obamacare sifatida barchaga ma’lum bo‘lgan islohot dasturini yo‘q qilishga va’da bergan. Bu dastur o‘rniga, respublikachi farmatsevtika kompaniyalari "shaffof narxlash" degan tushunchaga amal qilishlariga erishmoqchi. Tramp, shuningdek, keksa va ijtimoiy muhofazaga muhtoj amerikaliklar uchun tibbiy dasturlarga sarf-harajatlarni kamaytirmaslikka va’da bergan.

9. Kambag‘al oila farzandlari uchun obro‘li maktablar eshigini ochish

Donald Tramp fikriga ko‘ra, Amerikaning istalgan oilasi, o‘z daromadi darajasidan qat’iy nazar, o‘z farzandiga maktab tanlash imkoniga ega bo‘lmog‘i lozim.

Donald Tramp o‘g‘li Barron va rafiqasi Melanya bilan - Sputnik O‘zbekiston
Shtaynmayer: AQShdagi saylov natijalarini hurmat qilish lozim
Tramp kambag‘al oiladan bo‘lgan bolalarga, ular ota-onalari tomonidan tanlangan maktablarda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishlari uchun 20 milliard dollar federal grant ajratishga va’da bergan.

10. Foyda keltirmaydigan kelishuvlardan voz kechish

Tramp AQShdagi mehnat bozorida ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiluvchi savdo bitimlarinigina qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bundan tashqari, Tramp tashqi siyosat sohasida qat’iy siyosat yuritish istagida. U prezident kursisini egallashi bilan Xitoyni "valyuta manipulyatori" deb e’lon qilib, Amerika korporatsiyalari xorijda ishlab topgan kapitallarni AQShga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0