"Kampir Xillari dam olsin" yoxud siyosatchilar Tramp g‘alabasi haqida

© REUTERS / Lucy NicholsonKlintonning tarafdorlari ko‘zda yosh bilan tarqalmoqdalar
Klintonning tarafdorlari ko‘zda yosh bilan tarqalmoqdalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton Trampga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z mag‘lubiyatini tan olgan

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Amerikaning eng "muhim" shtatlardidagi saylovchilar Tramp uchun ovoz berishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Hatto, demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton Trampga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z mag‘lubiyatini tan olgan holda, raqibini g‘alaba bilan tabriklagan.

Internet olamida so‘nggi daqiqalarda omma e’tiboriga havola qilinayotgan shingil yangiliklarni va mashhurlar tabriklarini keltirib o‘tamiz.

Xillarining tarafdorlari yum-yum yig‘lashmoqda

Demak, ayni vaqtda Xillari Klintonning tarafdorlari uning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasini ko‘zda yosh bilan tark etishmoqda. "Ular tund kayfiyatda, ko‘zlarida esa yosh qalqmoqda. Klintonning o‘zi esa bugun saylovchilar oldida chiqish qilmasligini ma’lum qildi. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda respublikachi Donald Tramp g‘olib chiqishi ehtimoli ancha yuqori".

© AP Photo / APAQShdagi saylovlar
AQShdagi saylovlar - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi saylovlar

"Kampir Xillari dam olsin"

Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy esa "Kampir Xillari endi dam olsin", — deya ta’kidlamoqda.

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishLDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy
LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy

"AQSh prezidentlik saylovlarida eng yaxshi nomzod g‘olib chiqmoqda: u Rossiyani urush ochish bilan qo‘rqitgani yo‘q, axir amerikaliklar ham tinch-osuda hayotni xohlaydi", — deya ta’kidlagan Jirinovskiy.

Tramp — sensatsiya-odam

Xo‘sh, milliarderning o‘zi o‘z g‘alabasi haqida nima deydi?

"Ehtimol, keyinchalik odamlar bularning barchasi bekorga bo‘lmaganini tushunib yetar. Ehtimol, to‘rt yoinki sakkiz yildan keyin "Ha, o‘shanda to‘g‘ri qaror qabul qilingan ekan", dersiz"…

© REUTERS / Mike SegarDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp

Riga esa ShOKda!

Latviya TIV sobiq rahbari Trampning AQSh prezidentligiga saylovlarda g‘alaba qozonganidan hamon hayratdaligini yashirmadi.

"Olamshumul xabar. Lekin tan olishdan o‘zga choramiz yo‘q. Bu ko‘plab moliyaviy sektorlar, aksariyat davlatlar, shu jumladan Latviya uchun ham kutilmagan, hayratomuz xabar bo‘ldi. Bir necha oy ichida Trampning rahbarlik uslubini tushunib yetishimiz kerak bo‘ladi. Hozircha bu savolimizga aniq javob yo‘q, voqea qanday rivoj topishini kutamiz", — deb aytmoqda Latviya TIV sobiq rahbari Artis Pabriks.

Nima uchun Tramp?

TOVV (Anqara) universiteti rektori Togrul Ismoil nima uchun Xillari Klinton emas, balki Donald Tramp g‘alaba qozonganiga izoh berdi.

© REUTERS / Lucas JacksonTramp g‘alabasiga yulduzlar munosabati
Tramp g‘alabasiga yulduzlar munosabati - Sputnik O‘zbekiston
Tramp g‘alabasiga yulduzlar munosabati

"ObamaAQSh ichki va tashqi siyosatida bir qator muammolarni yuzaga keltirdi va ularga yechim topa olmadi. Xillari Klinton esa birorta yangi narsa taklif etmadi. Shu bois ham, o‘zgarishlarni qumsab qolgan Amerika xalqi Trampni sayladi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0