TOShKENT, 9 noya — Sputnik. AQShdagi saylov yakuni Germaniya xalqi kutgan natijadan tubdan farq qilsa-da, ammo bu yakunni hurmat qilmoq kerak, deya bayonot qildi Berlinda Germaniya Federativ Respublikasi TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer. RIA Novosti xabari asosida.
Eslatib o‘tamiz, 8-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra, respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozondi. Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Xillari Klinton Trampga qo‘ng‘iroq qilib saylovlarda mag‘lubiyatga yuz tutganini tan oldi.
Shtaynmayer, shuningdek, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi xalqaro munosabatlarga "tez bitmaydigan, chuqur jarohat yetkazganini" qo‘shimcha qildi. "Bu jarohatlar bitishi oson kechmaydi, shuni aytishim mumkin", — dedi Shtaynmayer hamda saylovoldi kampaniyasi davomida uning olib borilishi yuzasidan bir necha bor "chalg‘igani"ni qo‘shimcha qildi.