Eron harbiylari Ormuz bo‘g‘ozida AQSh kemasi yaqinida raketalar uchirdi

Obuna bo‘lish
AQSh hukumati buni “xavfli ig‘vogarlik” deb atadi. Eron o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotgan hududda yana bir AQSh esminetsi va Fransiya harbiy kemasi ham bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Eron harbiy qo‘shinlari Ormuz bo‘g‘ozida AQSh harbiy aviattashuvchisi (avianoses) “Garri Truman”dan 1,4  km masofada raketalar uchirib harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, RIA Novosti NBC telekanali xabariga ko‘ra.

Raketalar butunlay boshqa tomonga qarab uchirilganiga qaramasdan, AQShda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarini “xavfli ig‘vogarlik” deb atadi.

Telekanal xabariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan hududda AQShning esminetsi (suv osti kemalari, uchuvchi apparatlar va harbiy kemalarga qarshi kurashuvchi ko‘p maqsadli harbiy kema), Fransiya fregati (tezurar, avtonom harbiy kema) va bir necha tijorat kemalari bo‘lgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, Eron Harbiy dengiz floti raketa uchirish haqida xabar tarqatganda, AQSh kemasi “belgilangan xalqaro koridorda bo‘lgan”. Ogohlantriuvchi xabardan keyin bir necha boshqarilmaydigan raketalar bo‘g‘ozdagi kemalarda qarama-qarshi tomonga uchirilgan, shuning uchun Amerika yoki boshqa davlat kemalari ushbu raketalar maqsadi bo‘lmagan.

Ormuz bo‘g‘ozining shimoliy qismi Eron hududi hisoblanadi. Ikki yoki undan ko‘p AQSh aviatashuvchi kemalari bir necha yil davomida Fors ko‘rfazida doimiy ravishda bo‘lib kelgan. 2013-yilda AQSh Mudofaa vazirligi budjeti qisqartirilishi munosobati bilan ushbu kemalar bo‘g‘ozdan olib chiqib ketilgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0