ShHT maqsadi - O‘rta Osiyoda barchani birlashtiruvchi asos yaratish

© IA "Jaxon"/Anvar IlyasovToshkentda ShHT rahbarlari kengashi
Toshkentda ShHT rahbarlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT formulasi juda oddiy: O‘rta Osiyoda harbiy-siyosiy mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastruktura yaratish.

Dmitriy Kosirev, "Rossiya segodnya" XAA siyosiy sharhlovchisi

Mavzu ko‘pchilikka juda sodda ko‘rinsada, aslida ham xuddi shunday bo‘ldi. Toshkentda aynan Hindiston va Pokistonning ShHTga qo‘shilishi  muhokama qilinayotgan vaqtda, Angliyada odamlar Yevropa Ittifoqidan ajralish uchun  ovoz berishdi va buning hammasi bir kunda sodir bo‘ldi. Keling voqeaning alohda tafsilotlariga nazar tashlaylik.

Bu yer sizlarga stadion emas

Rasmiy jihatdan go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek, Hidiston va Pokistonning ShHTga tantanali qo‘shilish marosimi ham bo‘lgan emas, bayroqlar soni ham oshgani yo‘q.

Ikki mamalkatning ShHTga qo‘shilishi haqidagi prinsipial qaror o‘tgan yili Ufa sammitida qabul qilingan edi. Bu safar esa, olti a’zo mamalkat rahbarlari, sammit yakuniga ko‘ra, Pokiston va Hindiston rahbarlari ShHTda amal qilayotgan va uning barcha a’zolari uchun bajarilishi shart bo‘lgan, majburiyatlarni qabul qilishdi.

Ushbu mavzuda Vladimir Putin “Mana biz ikki yirik mamalkatni qabul qilish bosqichiga ham yetib keldik. Qolgani endi rasmiyatchilik. Ular bizga qo‘shilishi bilan tashkilot butunlay boshqacha mavqega ega bo‘ladi. Ushbu ma’noda sammit muvaffaqiyatli o‘tdi desak adashmaymiz”, — degan edi.

Ko‘rib turganingizdek, bu yer siz uchun stadion emas, hech kim “Yevroosiyo – YeI, biru-nol” hisobini e’lon qilmoqchi emas. ShHT bu boshqalar bilan mafkuraviy yoki boshqacha ziddiyat maydoni emas.

Hindiston va Pokistoning ShHTga turli darajalarda qo‘shilishi bu uzoq vaqt talab qiladigan jarayondir. Yana 30ga yaqin hujjatlar imzolanishi kerak. Bu uzoq davom etadigan, ba’zan parlament va boshqa muassasalar bilan muvofiqlashtirishni talab qiladigan burokratik jarayondir.

Sammit umuman samarali o‘tdi, oldindan muvofiqlashtirilgan hujjatlar – Toshkent deklaratsiyasi imzolandi, tashkilotning 2016-2020 yillardagi rejasi va 2025-yilga qadar bo‘lgan strategiyasi tasdiqlandi va ho kazolar.  

O‘zgalar xatolarini takrorlamaslik

Eslatib o‘tamiz ShHT bu ittifoq ham emas, alyans ham emas, chunki uning a’zolari yuqoridagi turdagi tashkilotlar vaqti o‘tgan deb hisoblaydi. Tashkilotning harbiy tuzilmasining kuchaytirishlish esa Afg‘onistonda terrorchilik xavfining kuchayishi va hududda ekstremistik kuchlarning faollashuvi bilan bog‘liq.

Xo‘sh unda ShHT bu nima? Qanday qilib bir hududda joylashgan lekin turli  xususiyatlarga ega bo‘lgan mamalkatlar orasida zamonaviy munosobatlar tizimini yaratish mumkin? Ayniqsa, mamlkatlar qattiqqo‘l umumiy qoida va standartlarga bo‘y so‘nishni istamagan va o‘z xususiyatlarini saqlab qolishni istagan vaqda.

Yoki bu “standart ko‘rinish”ga qarab intilgan g‘arbga qaratilgan chaqiriqg‘mi? Yo‘q, bu faqat o‘zgalar xatolarini takrorlamaslik uchun qilingan harakatdir. Bu ayniqsa bugun yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Hozircha bu faqat “urinish” va hech kim unga “muvaffaqiyatli bo‘ladi” bo‘ladi deb kafolat bermagan, albatta.

Eslatib o‘tamiz, gap “ochiq hududchilik” haqida ketayapti. Tashkilot a’zolariga hech kim boshqa uyushmalarga a’zo bo‘lishni ta’qaqlamoqchi emas. Bu aslo g‘arbiy uslub emas, va ba’zan tashkilot faoliyatini jiddiy sekinlashtiradi ham.

Masalaning boshqa tomoni, Hindiston va Pokiston tomonidan imzolangan hujjatda ShHT a’zolari bir – birlariga qarshi faoliyat yuritmasligi kerak deyilgan. Shunga qaramay tashkilot a’zolaridan ba’zilarining munosobatlarida yashirin  ziddiyat saqlanib qolmoqda. Nima bo‘lganda ham ShHT, o‘zaro murosaga urinish maydoni siftida qolmoqda.  

ShHT a’zolari, nomzodlari yoki kuzatuvchi mamalkatlar ro‘yxatiga nazar solsak, ular bir-biridan farq qiladigan 18ta turli tuman mamlakatlardir. A’zolarning ba’zilari ShHTga qo‘shilish arafasida, ba’zilari kuzatuvchi maqomiga ega.

Umuman bularning hammasi Yevropa Ittifoqining  boshlanishini eslatadi. Keyinchalik ular standartlashtirish yo‘lidan borishdi, bu esa alohida mamalkatlarning o‘z xususiyatlarini yo‘qotishiga olib keldi. Balkim aynan shu xato tufayli ular hozir tarqalish arafasiga kelib qolishgan.

ShHT mamalakatlari integratsiyasi ham oson kechayotgani yo‘q. Bunga sammitga raislik qilgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning “Bu safar sammitga tayorgarlik ishlari og‘ir kechdi” degan so‘zlari ham dalil bo‘lishi mumkin.  

Bugungi kunda ShHT formulasi juda oddiy: O‘rta Osiyoda harbiy-siyosiy mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastruktura yaratish (yo‘l, logistika markazlari, axborot va qonuniy asoslar).

Bunday infrastrukturaga madaniyat va ta’lim sohalari ham kiradi. ShHT doirasida ushbu sohalarda ham hamkorlik faollashmoqda, ya’ni Yevroosiyoning yagona gumanitar hududi yaratilmoqda. Bu jarayon ulkan bo‘lishidan tashqari – u abadiydir.

Eslatib o‘tamiz, ba’zan ShHT bu mamlakatlar orasidagi munosobatlarning hammasini qamrab olmaydi. Misol uchun Rossiya — Hindiston yoki Rossiya — Xitoy munosobatlari ShHT doirasidan kengdir.

ShHT – aslida bu O‘rta Osiyo huudida yaratilayotgan yangi regional loyihadir. Xitoyliklar  istalgancha  “markazida Buyuk Ipay yo‘li bo‘lgan, dunyoning qadimgi modeli tiklanmoqda”, deb gapiraverishi mumkin,  lekin biz bu yerda gap o‘tmishni tiklash haqida emas, yaratilayotgan yangi kelajak haqida ketayotganini, yaxshi tushunib turibmiz.

Yangiliklar lentasi
0