TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Kecha butun Germaniya bo‘ylab mamlakatning Transatlantik Savdo va Sarmoyalar hamkorligi TTIPga qo‘shilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Germaniyaning eng katta shaharlarini qamrab olgan ushbu namoyishlarda 320 ming kishi ishtirok etgan. Jumladan Berlinda 70 ming, Gamburgda 65 ming, Kolnda 55 ming, Frankfurt-Maynda 50 ming, Shtutgartda 40 ming, Munxenda 25 ming va Leypsigda 15 ming kishi. Tashkilotchilar aytishiga qaraganda, havo yaxshi bo‘lganida bundan ham ko‘p kishi to‘plangan bo‘lar edi. Gecha Germaniyada kun uzun yomg‘ir yog‘di.
Namoyishchilar talabi, TTIP shartnomasini imzolash jarayonini ochiq-oydin olib borish. Ayni damda ushbu muzokaralar Yevropa va AQSh rahbariyati tomonidan imi-jimida, keng ommaga e’lon qilinmasdan olib borilmoqda.
“Biz amerikaga yoki boshqa mamlakatlar bilan savdo shartnomalari tuzishga qarshi emasmiz, lekin TTIP va CETA shartnomalari yashirin ravishda, demokratik jarayonlarni chetlab o‘tgan holda qabul qilinmoqda. Bu esa Yevropani qo‘rqitmoqda”, — deyilgan Germaniya Tabiat Fondi jamoat tashkiloti vakillari bayonotida.
“Biz TTIP va CETA shartnomalarini imzolash jarayoni ochiq va halol bo‘lishini istaymiz. Ushbu talab amalga oshirilmagunicha biz ko‘chadan ketmaymiz. Biz AQSh taklif qilgan Arbitraj sudlariga qarshimiz. Biz ish beruvchilar va profsoyuzlar faqat bozor iqtisodiyoti subyekti sifatida qabul qilinishiga qarshimiz”, — deyishdi namoyishchilar o‘z talablarida.
Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu shartnomalar imzolash tarafdori, chunki uning fikriga ko‘ra bu Germaniyada qo‘shimcha ish joylari yaratishga imkon berar ekan. Lekin Germaniya vitse-kansleri Zigmar Gabriel aytishiga ko‘ra, TTIP shartnomasini yil oxirigacha imzolash – ko‘p sohalarda AQShga ustunlikni berib, Yevropa manfaatlariga putr yetkizishi mumkin.
TTIP (Transatlantic Trade and Investment Partnership) — ya’ni Transatlantik Savdo va Sarmoyalar hamkorligi. Ushbu loyiha Amerika va Yevropa mamalkatlari orasida dunyoda eng katta bojsiz savdo hududi tuzishni nazarda tutgan. Bir yil oldin shartnoma shartlari, tasodifan jamoatchilikka ma’lum bo‘lganidan keyin, Yevropa mamalkatlarida, ayniqsa Germaniyada aholining katta qismi tomonidan shiddatli qarshilikka duch keldi.
Chunki ushbu shartnoma, Tashkilot qonun va qoidalar mamalkat qonularidan ustun bo‘lishini, xususan, tashkilot arbitraj sudi qarori mamlakat sudlari qaroridan ustun turishi nazarda tutilgan. Undan tashqari, TTIPda qabul qilingan ekologiya talablari bugungi kunda Yevropada amal qilayotgan normalardan ancha past bo‘lib, u zaharli mahsulotlar ishlab chiqarishni va ekologiyaga zarar keltiruvchi sanoatlarning faoliyatini cheklamaydi. Uchinchidan Yevropa mehnat qiluvchilar huquqlari jiddiy cheklanishi, profsoyular imkoniyatlari esa butunlay yo‘qqa chiqarilishidan xavotirda.
Bugungi kunda TTIPga a’zo mamalkatlar AQSh, Kanada, Meksika, Shveysariya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Islandiya.