TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, xalqaro terrorizmga qarshi kurash faqatgina butun jahon hamjamiyati imkoniyatlarini birlashtirgan holda olib borilishi kerak.
“Biz, o‘z uyidan mahrum bo‘lgan millionlab odamlarga faqatgina butun jahon hamjamiyati imkoniyatlarini birlashtirgan holda yordam berish mumkinligini yaxshi tushunamiz”, — dedi Putin BRIKS rahbarlarining norasmiy uchrashuvida.
Putin Fransiyada sodir bo‘lgan teraktlarni dahshat deb izohladi.
“Jabr ko‘rganlarga hamdardlik bildiramiz, terrorchilik xavfiga qarshi samarali kurashish uchun biz doimo imkoniyatlarni birlashtirishga chaqiramiz”, — dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan bir vaqtda, har bir mamlakatning suveren huquqlarini va qonuniy talablarini e’tiborga olgan holda harakat qilishimiz kerak, dedi perzident.
2015yilda BIRKSning Ufada qabul qilingan deklaratsiyasida ushbu asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan.
Antalyada boshlanishi kutilayotgan “Katta yigirmalik” sammiti terrorchilarni moliya bilan ta’minlash muammosini muhokama qilish uchun yaxshi joy ekanligini ta’kidladi Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk, sammit boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
“G20” terrorizmni moliyalashga qarshi kurashni oldini olishda alohida javobgarlikka ega”, — deb yozdi Tusk o‘zining Tvitterida.
“Terrorchilikni moliyalashga qarshi masalarni ko‘rib chiqish uchun bundan yaxshi forum yo‘q. Terrorchilar tarmoqlari pulsiz ishlay olmaydi. Ushbu mablag‘lar ko‘plab mamlakatlarning moliya tizimlari orqali o‘tmoqda. Faqatgina shubhali transaksiyalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot almashuvi amalga oshirilgan holda, bizda ushbu tahdidni to‘xtatish imkoni paydo bo‘ladi”, — deydi matbuot anjumanda Tusk, G20 sammiti boshlanishidan oldin.
BMT bosh sekretari Pan Gi Munning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda xalqaro hamjamiyat terrorizmga qarshi yanada muvofiqlashtirilgan holda kurashishi kerak.
Terrorchilikka qarshi kurash G20 sammitining, iqlim muammolariga bag‘ishlangan, birinchi majlisidayoq muhokamaga chiqariladi. Sammit yakunida G20 rahbarlari terrorchilik bo‘yicha bayonnoma qabul qilishni rejalashtirgan.