TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Dushanba kuni AQSh prezidenti Barak Obama 12 mamlakat ishtirokida Tinch okeani mamlakatlari savdo hamkorligi haqida kelishib olganligini xabar qildi. (Trans Pathific Partnership–TPP, Tinch okeani mamlakatlari hamkorligi — TOMH)
Tinch okeani mamlakatlari hamkorligi (TOMH) doirasida Osiyo va Tinch okeani regionida erkin savdo hududi tashkil qilinadi. Ushbu regionga dunyo iqtisodining 40% va dunyo savdo-sotig‘ining uchdan biri to‘g‘ri keladi. Shartnomaga a’zo davlatlar: AQSh, Kanada, Meksika, Peru, Chili, Malayziya, Bruney, Singapur, Vyetnam, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya.
“95% mijozlarimiz mamlakatimizdan tashqarida yashayotgan bir paytda, biz Xitoy yoki boshqalarga global iqtisodiyot qoidalarini yozishga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ushbu qoidalarni biz yozishimiz kerak. Amerika mahsulotlari uchun yangi bozorlar ochishimiz, ishchilar va ekologiyani himoyalash uchun yuqori standartlar o‘rnatishimiz kerak. Bugun Atlantada tuzilgan shartnoma shuni ta’minlaydi”, — dedi Obama.
Obama ishonch bilirishicha, yangi shartnoma AQShdagi ish o‘rinlari va atrof-muhitni “tarixdagi boshqa hech-qanday shartnoma himoya qilmagandek” himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma matni haligacha xufiya saqlanib kelmoqda. TOMH haqidaga barcha kelishuvlar imi-jimida, Yevropa, Rossiya, Xitoy kabi dunyonig boshqa yirik iqtisodiy mamlkatlariga sezdirmasdan olib borilgandi.
Bu borada Obama “Shartnomaning so‘nggi matni tayor bo‘lgach, kongress va amerika xalqi uning har bir so‘zi bilan tanishish uchun necha oy vaqtga ega bo‘ladi. Keyin men unga qo‘l qo‘yaman” dedi.