Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish kimning qo‘lidan keladi ?

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishafg‘onistonda qurolli otrad
afg‘onistonda qurolli otrad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qobulda Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh ishtirokida tinchlik muzokaralari o‘tkazilmoqda. Ba’zi mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu davrada Rossiya, Eron va Hindiston yetishmayapti.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qobulda Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh  ishtirokida tinchlik muzokaralari o‘tkazilmoqda. Ba’zi mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu davrada Rossiya, Eron va Hindiston yetishmayapti. Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Salaxuddin Rabboni “Tolibon”ning barcha dala qo‘mondonlarini Afg‘oniston markaziy hukumatini qo‘llab quvvatlab, tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga chaqirdi, Sputnik Persian xabariga asosan.

Tolibon harakati jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon rahbari mulla Mansur xalok bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati bundan oldin ham bir necha bor “Tolibon” bilan muzokaralar olib borgan edi. Lekin ushbu muzokaralardan bir oy o‘tib “Tolibon” rahbari Mulla Omarning o‘ldirilishi bilan tinchlik o‘rnatish masalasi yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. 

Mulla Omardan keyin “Tolibon” orasida tarqoqlik hukm sura boshladi. Turli jangovor guruhlar orasida va hududda ta’siri kuchayib borayotgan ID jangarilari orasida hatto qurolli to‘qnashuvlar  ham bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yilning kuzida, Mulla Omar o‘rniga “Tolibon” rahbari kursisini egallagan Mulla Axtar Mansur ham Pokistonda o‘ldirildi.

Afganskie sili bezopasnosti osmatrivayut mesto vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi terakt chog‘ida 11 kishi qurbon bo‘ldi

Afg‘onistonda ham “Toliblar” bilan muzokaralar olib borishning iloji borligiga hamma ishonmaydi. Chunki hozir “Tolibon” bir necha guruhlarga bo‘linib ketgan va ular o‘zaro urush holatida. Ustiga ustak bu yerga “ID” ham suqilmoqda. Ularning qaysi biri bilan muzokara olib borish kerak? “Terrorchilar   baribir terrorchi-da, ular nimaga intilishi bizga aniq”, — deydi  Sara Surx-Abi, tinchlik muzokaralari bo‘yicha Afg‘oniston delegatsiyasi vakili, Sputnik Dari axborot agentligiga.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi oylar davomida Pokiston va Afg‘onistonda o‘nlab teraktlar sodir bo‘ldi. Ushbu teraktlar “Tolibon” va “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti tarafdorlari tomonidan tashkil qilingan.  Teraktlar Afg‘onistondagi diplomatik missiyalarga,   mansabdor shaxslariga va tinch aholiga qarshi qaratilgan. Pokiston hududida esa teraktlarda esa politsiya xodimlari va tinch aholi qurbon bo‘ldi.  

Qunduz ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini "Tolibon" egallab oldi

Eronning IRIB aborot agentligi xabariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati regionda tinchlik o‘rnatish masalasida Pokistonga ham AQShga ham ishonmaydi. Chunki Pokiston bu borada doimo ikki taraflama o‘yin olib borgan va “Tolibon”ni doimi qo‘llab quvvatlab kelgan. AQSh esa Afg‘onistonda harbiy bazsini uzoqroq saqlab qolish niyatida. Buning uchun ularga notinchlik kerak.

Tolibon o‘tgan yil davomida butun Afg‘onistonning shimoli va sharqida o‘z faoliyatini kuchaytirdi. Bu albatta Xitoyning iqtisodiy va siyosiy qiziqishlariga zid. 

Demak, Afg‘onistonda tinchlik birinchi navbatda Afg‘oniston hukumatiga va Xitoyga kerak. Shu o‘rinda, Xitoy Pokistonni tinchlikni saqlashga majbur qila olarmikin degan savol tug‘iladi. Albatta Xitoyning va Pokiston azaliy hamkor va Xitoyning Pokistonga siyosiy bosimi ham kuchli. 

Zamir Qobulov: Afg‘onistonning o‘z qurolli kuchlari bor, juda ko‘p afg‘onlar qo‘llarida qurol ushlashga va undan yaxshi foydalanishga qodir

Ustiga ustak, yaqinda Xitoy Pokiston bilan 46 milliardlik investitsiyalar haqida shartnomalar imzolagan. Shartnoma amalga oshirishning eng muhim sharti — Afg‘oniston va Pokiston hududida tinchlik o‘rnatilishi. Shuning uchun ham Xitoy Pokistondan hududda tinchilik o‘rnatishni qattiq talab qilmoqda. Pokiston hukumatining o‘ziga ham regionda tinchlik bo‘lishidan manfaatdor, deb yozadi Eron axborot agentligi. 

Afg‘onistonlik siyosiy sharhlovchi Said Abdulxamid Safut ning so‘zlariga qaraganda Tinchlikka erishi uchun bu yaxshi imkoniyat, chunki uning ustidan AQSh va Xitoy kabi, Pokistonga kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ishlamoqda. 

“Afg‘oniston muammosi allaqachon xalqaro muammoga aylangan. Shuning uchun uni hal qilishda baracha manfaatdor tomonlar qatnashishi kerak. Ayniqsa Rossiya, Xitoy va Eron. Rossiya Afg‘oniston armiyasiga harbiy yordam berishi va Pokistonga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Rossiya ushubu muzokaralarga qanchalik tez qo‘shilsa, O‘rta Osiyo mamlakatlarida shunchalik tez xavfsizlik bo‘ladi. Ikkinchidan Rossiya “Tolibon” yoki boshqa jangarilarni o‘z maqsadida ishlatishdan manfaatdor emas”, — dedi Said Abdulxamid Safut.

Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo bo‘limi direktori, Rossiyaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Zamir Qobulovning so‘zlariga qaraganda bo‘lib o‘tgan to‘rt taraflama muzokaralarga baho berishga hali erta, "Rossiya ushbu muzokarlarda qatnashmagan bo‘lsada, bu “to‘rtlik” tasabbusini qo‘llab-quvvatlamaydi degani emas".  

Yangiliklar lentasi
0