TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Afg‘oniston o‘z hukumatni chet el harbiy kuchlari bilan himoya qilmasdan, milliy imkoniyatlarni kuchaytirishi kerak, dedi Rossiya prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili, TIV ixtisoslashgan departamenti direktorim Zamir Qobulov “Izvestiya” gazetasiga, RIA Novosti xabari asosida.
“Chet el qo‘shinlariga umid qilmaslik kerak. Afg‘onistonning o‘z armiyasi bor, juda ko‘p afg‘onlar qo‘llarida qurol ushlashga va undan yaxshi foydalanishga qodir. Chet el harbiy qo‘shinlari bilan hukumatni himoya qilish o‘rniga, milliy imkoniyatlarni kuchaytirish kerak”, — dedi Qobulov.
“2001 yilda Afg‘onistonda ekstremistlar soni nolga teng edi, hozir bo‘lsa ular sahnaning to‘riga chiqib olishgan, davlatni to‘ntarib mamlakatni egallashga tayor – mana amerika va NATO qo‘shinlarining kiritilishi oqibati”, — dedi Qobulov so‘zlarining dalili sifatida.
Eslatib o‘tamiz, taxminan bir oy oldin, OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Afg‘oniston respublikasining birinchi vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stum, Rossiya hukumatiga murojaat qilib "ID" Afg‘oniston, O‘rta Osiyo va Rossiya hududlarida terrorchilik amalga oshirmoqchi ekanligini xabar qilgandi. Va shu bilan birga u ushbu mamlakatlar birgalashib terorchilarga qarshi kurash rejasini ishlab chiqishlari kerakligini, va Rossiyaga murojaat qilib Afg‘oniston hukumatiga qurol-yarog‘, harbiy samolyotlar va vertolotlar berishni iltimos qilgan edi.
Ushbu xabarlarni izohlab, "Afg‘oniston davlati tomonidan bunday murojaat bo‘lgan emas, bunga hojat ham yo‘q. <…> Birinchi o‘rinda Afg‘on armiyasining jangovor imkoniyatlarini kuchaytirish kerak. <…> Ikkinchi tomondan, Afg‘oniston hududida bir necha AQSh harbiy bazalari bor va ularda hujumchi aviatsiya yetarli darajada. Ular samarali zarba berish imkoniyatiga ega, albatta Qunduzdagi zarba kabi — shifoxonaga emas. Ularda razvedka imkoniyatlari juda katta, IShID to‘plangan joylar haqida aniq ma’lumot olib, o‘sha yerga zarba berish kerak. Rossiya Suriyada zarba berayotgani kabi", dedi Afg‘onistonda bir necha yil elchi bo‘lib ishlagan Rossiya TIV mutaxassisi Qobulov.
Rossiya Bosh shtabi razvedka boshqarmasi boshligi Igor Sergunning gaplariga qaraganda, "Islom davlati" Afg‘onistonda o‘z faoliyatini sezilarli darajada kuchaytirdi. "ID" yollovchilari Afg‘onistonga Iroq va Suriya hududlaridan kirib kelmoqda. Ular Afg‘onistondan o‘z g‘oyalarini O‘rta Osiyoga tarqatish uchun baza sifatida foydalanmoqchi. Bu esa butun MDH xavfsizligiga jidiy tahdid soladi. "ID" Afg‘oniston shimoli va sharqida o‘z pozitsiyalarini izchillik bilan mustahkamlamoqda va o‘z saflarini to‘xtovsiz kengaytirib bormoqda.