TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Afg‘onistonning Jelalobod shahridagi portlashda 11 kishi qurbon bo‘ldi, 13 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Pajvak axborot agentligia xabariga asosan.
“Portlash Nagaxar viloyati ma’muriyati vakili Obaydulla Shitvarining uyi ichida sodir bo‘lgan. 11 kishi qurbon bo‘lgan 13 kishi yaralangan”, — deb xabar bermoqda nashr.
Xudkush terrorchi Shitvari uyining mehmonxonasida, oilaviy bayram munosobati bilan ko‘plab mehmonlar taklif qilingan vaqtida portlovchi uskunani ishga tushirilgan.
Bir necha kun oldin boshqa xukush terrorchi Pokiston konsulligi binosi yaqinida o‘zini portlatib yuborgani haqida xabar bergan edik. Ushbu terrorchiliklar uchun javobgarlikni Rossiyada ta’qiqlangan “Islom davlati” bo‘yniga olgan.