Tolibon rahbari mulla Mansur xalok bo‘ldi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon harakati jangarilari
Tolibon harakati jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston hukumati Tolibonning yangi rahbari mulla Axtar Mansurning halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. “Tolibon” radikal harakatining yangi rahbari mulla Axtar Masur chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan otishmada olgan jarohatlaridan halok bo‘ldi, RIA Novosti Sinxua axborot agentligi xabari asosida.

2 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Tolibon rahbari og‘ir yaralangan, lekin tirik qolgan, Tolibon harakati vakillari xabariga ko‘ra. Otishma Pokistonning Kvetta shahrida, Abdullo Saxardining uyida bo‘lib o‘tgan. Abdullo Saxardi – Tolibonning dala komandiri, u Guantanamodagi AQSh qamoqxonasida bo‘lib qaytgan.

“Mansur jangovor guruhning boshqa dala komandirlari bilan bo‘lib o‘tgan otishmada og‘ir yaralangan”, deyilgan Afg‘oniston hokimiyati tarqatgan xabarda.

May oyining oxirida Tolibon guruhi rahbari mulla Omarning halok bo‘lganligi tasdiqladi. O‘rniga uning Axtar Muhammad Mansur tayinlangan edi. Tolibonning ba’zi dala komandirlari yangi rahbarga bo‘y so‘nishdan voz kechgan va guruh ikkiga bo‘linib ketgan edi.

Oxirgi vaqtlarda Afg‘onistonda vaziyat keskin yomonlashmoqda. Oldin asosan qishloq hududlarini egallab turgan Tolibon yirik shaharlar tomon hujum boshladi.

 

Yangiliklar lentasi
0