2016 yilning 12 - 16-iyulida Toshkentda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov topshirig‘i bilan tashkil qilingan yangi savdo maydonchasi chet ellik xaridorlarga O‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkonini beradi. Kelajakda yarmarka doimiy ravishda Toshkentda oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra yarmarkada 300ga yaqin agrokorxonalar va 40 dan ortiq mamlakatdan logistika kompaniyalari qatnashmoqda.