TOShKENT, 11 apr — Sputnik. “O‘zagroeksport” chet el savdo tashkiloti “O‘zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi tarkibida yaratilgan bo‘lib, deyilgan O‘Zbekiston prezidenti Islom Karimovning qarorida.
Yangi korxona O‘zbekiston eksport potensiali samaradorligini oshirishga va zamonaviy savdo-logistik infraqurilmasini rivojlantirishga qaratilgan, deyilgan rasmiy hujjatda. Qarorda O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan meva-sabzavot yarmarkasi tashkil qilish rejalashtirilgan. U yerda eksport shartnomalari imzolash ko‘zda tutilgan.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, 1-maydan boshlab eksport qiluvchi korxonalar, jumladan kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, meva va sabzavotlar eksporti evaziga olingan valyutaning 50% ni davlatga sotishi kerak,
“O‘zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari Assotsiatsiyasi asosida Fevral oxirida tashkil qilingan edi. Xolding tarkibiga oziq-ovqat, yog‘ mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 176 korxona kirdi.