TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavotlar yetkazib berish borasida Turkiyaning o‘rnini bosa oladi, deya bayonot qildi O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov.
"Haq gapni aytaylik: Turkiya ma’lum bir sabablarga ko‘ra, bugungi kunda, Rossiyaga meva va sabzavotlarni yetkazib bera olmaydi. Meva va sabzavotlar yetkazib berilishi to‘xtatilishining jiddiy sabablari mavjud. Aytingchi, axir O‘zbekistonda meva va sabzavotlar kam yetishtiriladimi?” – dedi Islom Karimov Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.
"O‘zbekiston 2016-yilda meva va sabzavotlar yetishtirishni 4,5 million tonnaga ko‘paytirmoqchi. Agar bu shartnoma uzoq muddatli bo‘lsa, Rossiyani meva va sabzavotlar bilan ta’minlashga imkonimiz yetarli”, deb qo‘shimcha qildi Islom Karimov.