2016 yilda 4 mln tonna meva-sabzavotga davlat buyurtmasi berildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishFermer xo‘jaligda sabzavot yig‘ish
Fermer xo‘jaligda sabzavot yig‘ish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshida O‘zbekistonda fermerlarga meva va sabzavot yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasi berish haqida qaror chiqqan edi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining “Meva sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tartibga solish…” haqidagi qonunga binoan 2016-yilda O‘zbekistonda meva va sabzavotlarga davlat buyurtmasi 4 mln tonnani tashkil qildi, bu haqida  "Ekonomicheskoe obozrenie" nashri xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekoziqovqatxolding” joriy yilda 2,2 milion tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayt ishlaydi. Ulardan 360 ming tonnasi respublika ichida qishgi-bahorgi iste’mol uchun saqlashga va 1,4 million tonnasi  eksport uchun mo‘ljallangan.

Iqtisodiyot vazirligi rasmiy xabariga ko‘ra, 2015-yilda O‘zbekistonda 10 mln tonna sabzavot, 1,8 mln tonna poliz mahsulotlari, 2,7 mln tonna meva va 1,6 mln tonna uzum yetishtirilgan.  Oxirgi ma’lumotlarga iaraganda O‘zbekistondan 600 ming tonna meva sabzavot eksport qilingan.

Yangiliklar lentasi
0