O‘zbekiston besh yil davomida meva-sabzavot yetishtirishni ikki baravarga oshiradi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaBuyu Ipak Yo‘lida Turizm
Buyu Ipak Yo‘lida Turizm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi har yili 16 mln tonna meva-sabzavot ishlab chiqarmoqda. Respublika besh yil ichida mahsulot hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirgan.

 

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilning oxirigacha ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot 32 mln tonnaga yetkizmoqchi. Bu haqda ayni damda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida bosh vazir Shavkat Mirziyoyev xabar berdi, Sputnik Uzbekistan muxbiri ma’lumotiga asosan.

Uning so‘zlariga qaraganda, mamalkat qishloq xo‘jaligi sektori har yili 16 mln tonna meva-sabzavot ishlab chiqarada va besh yildan keyin mahsulot hajmi kamida ikki baravar o‘sishi kerak.

“O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritib, ichki va tashqi bozorni sifatli meva va sabzavotlar bilan ta’minlamoqda. Ularni rivojlantirish davom ettiriladi, chunki banklar ularga 5 % dam kam bo‘lgan stavkada imtiyozli kreditlar berishda davom etmoqda”, — dedi  Mirziyoyev.   

Undan tashqari, bosh vazir fikriga ko‘ra, ishlab chiqarishni rivojlantirishga zamonaviy sovutgchlarga ega bo‘lgan omborlar yaratish ham ta’sir qiladi. Bugungi kunda mamalkatda umumiy quvvati 800 ming tonna bo‘lgan meva-sabzavot saqlash markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yil oxirigacha yana umumiy quvvati 100ming tonnadan ziyod bo‘lgan, 197ta sovutish kameralari ishga tushiriladi.

2015 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish hajmi 6,7 % ga o‘sib – 12,6 mln tonna ni tashkil qildi. Poliz mahsulotlari hajmi esa 1,8 mln tonnaga (+5,9%), uzum – 1,56 mln tonnaga (+11,4%) ga o‘sdi.

 

Yangiliklar lentasi
0