Rossiya yangi “Qiyomat kuni” samolyotlarini qurmoqda: uchinchi avlodning o‘ziga xosliklari

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishTajelie transportnie samoleti Il-76 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve
Tajelie transportnie samoleti Il-76 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi tez orada Il-96-400M negizida uchinchi avlod havo boshqaruv punktini qabul qilib oladi. Ikkita yangi "Qiyomat kuni" samolyotlarini yig‘ish "Zveno-S" loyihasi doirasida Voronej aviatsiya zavodida boshlangan.
Havo boshqaruv punkti (HBP) Oliy Bosh qo‘mondon va Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbariyatiga, hatto dushman quruqlikdagi barcha qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qilgan taqdirda ham, global qurolli mojaro (atom urushi) paytida qo‘shinlarning barcha turlari va toifalari, strategik yadro kuchlarini ishonchli boshqarish imkonini beradi. Bunday texnologik darajadagi aviatsiya majmuasiga dunyoning ikkita davlatigina egalik qilishi mumkin – bu Rossiya Federatsiyasi va AQSh.
Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2020
Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rossiyaning yangi havo qo‘mondonlik punkti amerikada ishlab chiqarilgan xuddi shunday punktdan shunisi bilan ajralib turadiki, u bir necha "Qiyomat kunlariga”mo‘ljallangan bo‘lib, har qanday tajovuzkorga qasos muqarrarligini ta’minlaydi.

Agar HBP urib tushirilsa, nima bo‘ladi?

Eng yangi Rossiya HBPni aniqlash va yo‘q qilish murakkab ish. Yuqori avtonomlik, zamonaviy radioelektron kurash vositalari, dushman sun’iy yo‘ldoshlari va radarlari uchun ko‘o‘rinmaydigan texnologiyalar, radioaktiv nurlanishdan himoya, tezlik, masofa va yuqoriga ko‘tarila olish singari jihatlar HBPga yer usti, yer osti yoki suv osti qo‘mondonlik punktlariga nisbatan katta ustunlik beradi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
Samolyot yoqilg‘i quygan taqdirda havoda bir necha sutkalab turishi mumkin. Aytish mumkin-ki, HBPni urib tushirish eng xavfli narsa bo‘lsa kerak: shunday faraziy vaziyatda, samolyot qulayotgan 2-3 daqiqa ichida Bosh shtabning tezkor guruhi o‘nlab yoki undan ko‘p dushman mamlakatlarni Yer yuzidan butunlay yo‘q qilishga ulguradi.
Zamonaviy urush - bu Gollivudning jangovar filmi yoki o‘zaro zarbalaralmashinuvi emas, mojaro tomonlari jangda turli turdagi qo‘shinlardan foydalanishning barcha muhitlaridassenariylarni moslashuvchan ravishda o‘zgartirishi mumkin. RF Qurolli Kuchlarining umumiy holati, rejalashtirish va aloqa tizimi, yadro qurolidan jangovar foydalanish algoritmlari, davlat rahbari va Oliy Bosh qo‘mondonning siyosiy irodasi bunda katta ahamiyatga ega. Uchinchi avlod HBPlarining ishlab chiqarilishi tashqi harbiy tahdidlarning jiddiyligidan dalolat beradi.
Rossiya “Qiyomat kuni” samolyotlari o‘zining mavjudligi bilanoq Pentagon va NATOdagi “qaynoq boshlarni” sovutmoqda va global qurolli mojaroni noma’lum uzoq muddatga chekintirmoqda.

Uchinchi jahon urushi uchun qo‘mondonlik punkti

Rossiya qo‘shinlari tobora mukammal avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sun’iy intellekt elementlariga ega qurollar bilan jihozlanmoqda. Strategik yadro kuchlari faol ravishda yangilanmoqda. Kosmik razvedka va aloqa vositalari rivojlanmoqda. HBP vaqt talablariga javob berishi kerak.
Il-80 - vozdushniy komandniy punkt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2020
Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda
“Qiyomat kuni”samoloti bortidagi radio majmuasi buyruqlar va jangovar buyruqlarni qo‘shinlarga, shu jumladan 6000 km radiusda joylashgan strategik aviatsiya ekipajlari, strategik yadroviy qurol tashuvchi-submarinalar ekipajlari, harakatlanuvchi va shaxta ishga tushirish uskunalari shaxsiy tarkibiga yetkazib berishga imkon beradi.
Uchinchi avlod HBP o‘ziga xos noyob xususiyatlari bilan ajralib, bu xususiyatlar uning funksionalligi, yashovchanligiva tejamkor energiya sarfi tufayli yanada kuchaytirilgan. Bortda RF Qurolli Kuchlarining oliy qo‘mondonlik tarkibi, Bosh shtab ofitserlarining tezkor guruhi va texnik guruh mutaxassislarining ko‘p soatlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Eng asosiysi bunda – ishonchli tashuvchi sanaladi. Il-96-400 samolyoti - bu yuqori quvvat va xavfsizligi bilan mashhur bo‘lgan Il-96-300ning yuk modifikatsiyasidir. Zamonaviy materiallar samolyot massasini kamaytirishga imkon bergan, buning natijasida mustahkamlik va samaradorlik zaxirasi ta’minlangan. Il-96-300 maxsus modifikatsiyalar Rossiya Federatsiyasi prezidentining №1 borti sifatida ishlatiladi va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni vazifalarini bajarishga moslashtirilgan.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
PS-90A1 dvigatellari va yuk ko‘tarish qobiliyati oshirilgan Il-96-400 havo kemasi - barcha mavjud va istiqbolli avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv tizimlari bilan ishlashga qodir bort majmuasi uchun ishonchli bazadir. Fuqarolik versiyasida IL-96-400M 370 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Rossiya aviasanoatining barcha mashinalari orasida Il-96 hammasidan uzoqqa uchadi, shunday bo‘lsa-da, Rossiyaning chekka burchaklarida zaxira aerodromlari va tegishli infratuzilma obyektlari zarur.
RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi mutaxassislari keng ko‘lamli harbiy mojaroning strategik (kompyuter) sssenariylari modelini tayyorlayotgan bir paytda, “Qiyomat kuni”ning bir nechta samolyotlari bazaviy aerodromda o‘z vaqt-soatini jimgina kutib turishibdi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan havo boshqaruv punkti Il-86 samolyoti negizida yaratilgan va Il-80 deb nomlangan. Bu singari ikkinchi avlod tizimlaridan to‘rtta qurilgan. Uchinchi avlod HBPni qurish to‘g‘risidagi qaror ikkinchi avlod tizimlarini modernizatsiyalash vaqti – 2019-yilda qabul qilingan edi.

Amerikadagi o‘xshash samolyotlar

AQSh Harbiy-havo kuchlari AQShning oliy darajadagi rahbariyati uchun to‘rtta zamonaviy qo‘mondonlik punktlariga ega. Bu qo‘mondonlik punktlari uzoqmagistral keng korpusli Boeing 747-200 yo‘lovchi samolyotlari negizida yaratilgan. Mashinalar mabodo yer ustidagi boshqarish tizimlari yadro urushi natijasida vayron bo‘lsa, tegishli maqsadlar uchun ishlatiladi.
Kompleks PRO THAAD   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
AQSh harbiy bazalari himoyasiz deb tan olindi
Boeing 747-200 fuqarolik versiyasida 374,8 tonna maksimal ko‘tarilish vazniga, soatiga 895 km tezlikka, 13750 metrgacha ko‘tarilish nuqtasiga, 10670 km parvoz masofasiga ega. Yo‘lovchi o‘rindiqlari soni - 490. Boeing 747-200F yuk tashish bo‘linmasida113 tonnagacha yuklarni tashiy oladi.
Amerika majmualarining texnologik imkoniyatlarini bir nechta misollar yordamida baholash mumkin.
Boeing C-32 bazasida joylashgan AQSh strategik boshqaruvzamonaviy havo punkti yer usti infratuzilmasi mavjud bo‘lmaganda yoki dushman tomonidan yer usti boshqaruv punktlari, uzellar va aloqa liniyalari nishonga olinib, yo‘q qilinganda qo‘shinlarni tezkor joylashtirish paytida turli xil vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, favqulodda holatlarda harakatlanish bo‘yicha federal agentlik - FEMA mobil boshqaruv punktlari sifatida ham foydalanilishi mumkin.
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate na MAKS-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Shoh va mot: Rossiya yangi qiruvchini namoyish qildi
S-32Ada eng so‘nggi uskunalar, navigatsiya tizimi va aloqa vositalari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar kabinasi bir nechta bo‘limlarga bo‘lingan: oliy harbiy rahbariyat uchun ish kabineti, majlislar xonalari, tezkor guruh xonasi, aloqa uzeliva dam olish xonasi (ehtimol barcha HBPlari shu kabi bo‘limlar komponovkasiga ega).
Birinchi samolyot 1998-yil 19-iyunida Sietldagi Boeingzavodida chiqarilgan. Hammasi bo‘lib to‘rtta samolyot ishlab chiqarilgan va ularning har biri tezkor-strategik qo‘mondonlik havo qo‘mondonligi punktiva “Minitmen” mintaqalararo ballistik raketalarni ishga tushirish boshqaruv punkti funksiyalarini bajarishga qodir.
E-6B Mercury samolyoti General Electric tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta F108-CF-100 turboaktiv dvigatellarga ega Boeing 707-320 bazasida yaratilgan. Samolyotning maksimal uchish massasi - 155 tonna. Parvoz tezligi – 12000 m balandlikda saotiga 972 kilometrgacha. Ko‘tarilish cho‘qqisi – 12 810 m. Jangovar navbatchilikni olib borayotgan vaqtda havoda yoqilg‘i quymagan holatda parvoz masofasi 12 400 km.ni tashkil etadi. Yoqilg‘i quyish bilan maksimal parvoz vaqti 72 soat. Samolyotning parvoz ekipaji 14 kishidan, bortdagi tezkor-strategik qo‘mondonlik shtabi - sakkizta mutaxassisdan iborat.
Minoboroni opublikovalo video ispitaniy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qo‘shilmaydi
AQShda birinchi havo qo‘mondonlik punktlari 1965-yilda paydo bo‘lgan va bu maxsus vositalar bilan jihozlangan KS-135A zapravkachi-samolyotlari edi. Ular AQSh qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni samolyoti rolini o‘ynagan va to ularning o‘rniga uchta E-4A “Boing”lari kelmaguniga qadar Endrus aviabazasi (Merilend shtati)dan harakat qilgan. Yevropa va Tinch okeani harby harakatlar teatrlari uchun alohida variantlar mavjud edi.

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yuqori texnologiyalar bo‘yicha strategik poyga davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0