Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qo‘shilmaydi

Obuna bo‘lish
"Rossiya yangi qurollanish poygasiga qo‘shilish niyatida emas, ammo o‘z xavfsizligini ta’minlab boradi", - dedi Rossiya yetakchisi.

TOShKENT, 17 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun bo‘lib o‘tgan an’anaviy matbuot-anjumani vaqtida dunyoda qurollanish poygasi borayotganini aytdi.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

"Dunyoda qurollanish poygasi boshlangan. Bu ro‘y bergan. AQSh Raketalarga qarshi mudofaa shartnomadan chiqqach hammasi boshlangan edi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi: bir davlat o‘zi uchun zontik qursa-yu, demak, pirovard natija qanday bo‘lishi kerak edi? Yakuniy natija - yadroviy salohiyatimizning nolga tenglashtirilishi. Demak, qilishimiz lozim bo‘lgan ish - buning ro‘y bermasligi uchun bor imkoniyatni ishga solish edi",- dedi Putin katta matbuot-anjumanida.

Rossiya rahbari shuningdek, amerika raketaga qarshi mudofaa tizimi - yangi rus qurollariga xalal berolmasligini qo‘shimcha qildi.

"Rossiya yangi qurollanish poygasiga qo‘shilish niyatida emas, ammo o‘z xavfsizligini ta’minlab boradi", - deya aniqlik kiritdi Putin.

Akademik RAN, bivshiy sekretar Soveta Bezopasnosti RF Andrey Kokoshin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh mudofaa budjeti Rossiyanikiga qaraganda ancha ko‘p, ammo Rossiya o‘z injener, ishchi va olimlar iste’dodi hisobiga bu farqni qoplay oladi.

Putinning qayd etishicha, mamlakat va xalq xavfsizligini so‘zsiz ta’minlash borasidagi vazifalar ado etilmoqda.

Davlat rahbari hozirda SNV shartnomasi bekor bo‘lishi xavfi mavjudligini eslatib o‘tdi. "O‘shanda qurollanish poygasi bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday cheklovlar qolmaydi. Biz avval boshdan sheriklarimizni ushbu shartnomani hech bo‘lmaganda bir yilga uzaytirishga chaqirganmiz va chaqirib kelamiz. Diplomatlar tili bilan aytganda, buyog‘iga nima qilmoq kerakligi borasida muzokaralarni o‘tkazish uchun", - dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0