Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda

© Kirill NaumenkoIl-80 - vozdushniy komandniy punkt
Il-80 - vozdushniy komandniy punkt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qiyomat kuni samolyotlari" yadroviy urush boshlanishi arafasida havoga ko‘tariladi va u yerdan turib barcha turdagi harbiy qo‘shinlarni boshqarib turadi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik, Andrey Kos. Keng, himoyalangan, yuqori texnologiyali – yaqin orada Rossiya Qurolli kuchlari Il-96-400M – uzoq masofaga uchuvchi qo‘mondonlik punktlariga ega bo‘ladi. G‘arbda ushbu samolyotlarni “Qiymat kuni samolyoti” deb atashadi.

Uchinchi jahon urushi boshlangan taqdirda davlat rahbariyati va harbiy qo‘mondonlik yerdagi qo‘shinlar boshqaruvini ana shunday “uchar shtablar”  orqali amalga oshiradi. Bunday havo laynerlari nafaqat Rossiyada balkim AQShda ham bor. Bugungi maqolamiz ushbu samolyotlar haqida.

Qo‘mondonlikni saqlab qolish

Yadroviy davlatlar orasidagi munosabatlar juda keskinlashib ketdi, diplomatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolishdi, tomonlar hatto elchilarni ham chaqirib olishdi, harbiy kuchlar to‘liq jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Strategik bomdardimonchilar havoga ko‘tarilib, atom suv osti kemalari  okeanga chiqib ketganidan, harakatlanuvchi yer usti raketa komplekslari ham jangovar pozitsiyalarini egallaganidan so‘ng – dunyo uchinchi jahon urushi arafasida qoladi.

© Yevgeny VolkovChetire Il-80 i dva Il-76SK v aeroportu Chkalovskiy
Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Chetire Il-80 i dva Il-76SK v aeroportu Chkalovskiy

Xudoga shukur-ki bunday ssenariy hozir fantastika xolos. AQSh ham Rossiya ham to‘liq masshtabli urush juda tez yadroviy urushga aylanib ketishini juda yaxshi tushunishadi. Lekin harbiylar, har doimgidek, eng yomon ssenariyga  tayyorgarlik ko‘rishadi. Ikkala tomon ham bunday vaziyatda – birinchi zarba raqibni harbiy kuchlar boshqaruvidan mahrum qilishi mumkinligini yaxshi tushunishadi. Axir raqib birinchi navbatda – harbiy va siyosiy markazlarga zarba beradi.

Xavf kuchayganidan so‘ng Rossiya rahbariyati va harbiy kuchlar qo‘mondonlik tarkibi o‘ta maxfiy tartibda harbiy aerodromga yo‘l olishadi va u yerdan  qanotli qo‘mondonlik punktlariga minishadi. “Qiyomat kuni samolyotlari” ularni xavfdan qutqarib, havodan turib yerdagi qo‘shinlarni boshqarib turish vazifani bajaradi. Qo‘mondonlik punktlari xavfsizligini esa – ularni doimiy kuzatib boradigan bir necha qiruvchi samolyotlar va zapravkachi-tankerlar amalga oshiradi. Sovuq urush yillarida ishlab chiqilgan xuddi shunday taktika AQShda ham bor.

Uzoq kutilgan yangilanish

Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida 4ta “Qiyomat kuni samolyoti” bor. Ular Il-86 yo‘lovchi samolyotlar negizida qurilgan bo‘lib rasmiy nomi Il-80. Kuchli energiya qurilmasi, zamonaviy aloqa vositalari hamda hayotni ta’minlash tizimi – bir necha kun davomida uzuluksiz ravishda havoda qolish imkonini beradi - albatta qo‘shimcha yonilg‘i quyish sharti bilan.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQShda "Qiyomat kuni" samolyoti havoga ko‘tarildi

Il-80 fuqaro samolyotlaridan o‘zining baland “peshonasi” bilan farq qiladi. “Peshona” ichida turli radioelektron uskunalar joylashgan. Samolyotning yana bir xususiyati – uning illyuminatorlari yo‘qligidir. Bu yadroviy portlash yo‘lovchilarning ko‘zini qamashtirmasligi uchun ataylab qilingan. Shuningdek – samolyot dum qismida suv osti kemalari bilan aloqada bo‘lish uchun trosli antena ham bor.  

Lekin samolyot haqida batafsil ma’lumot – bu davlat siri. Shunisi aniq-ki uning bortida barcha tur qo‘shinlarni boshqarish uchun mo‘l jallangan apparatura o‘rnatilgan, qo‘mondonlik ishlashi va dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Samolyot har qanday fuqaro va harbiy aerodromdan havoga ko‘tarila oladi va yerdagi navigatsiya markazlari yo‘q qilingan vaziyatda ham yo‘lidan “adashib” qolmaydi.

Il-80 samolyotlari 15-yildan ortiq vaqt davomida ekspluatatsiya qilinmoqda va uning resursi yakuniga yetib qolgan. Ustiga ular ustak o‘rta masofaga uchuvchi (Il-86) samolyot negizida qurilgan bo‘lgani tufayli ularning bir martalik parvoz uzoqligi 3800 kmni tashkil qiladi. Shu sababli ham yangi qo‘mondonlik punktlari asosi uchun Il-96-400M samolyotlari tanlab olingan. Ushbu samolyot maksimal yuklama bilan – 9000 km masofaga parvoz qila oladi.

"Uchar mehmonxonalar"

AQSh Qurolli kuchlarida ham to‘rtta Boeing-747 asosida qurilgan E-4B Nightwatch (Tungi qorovul) samolyotlari bor. Ularning har biri bortiga 100ga yaqin odamni olib havoda bir haftagacha uzuluksiz bo‘lishi mumkin. Albatta yonilg‘i quyish sharti bilan. E-4B yadroviy portlashdan himoya qilingan va eng zamonaviy radioelektron uskunalar bilan jihozlangan.

© MasteruploaderE-4B Nightwatch - "Samolyot Sudnogo dnya" SShA
Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda - Sputnik O‘zbekiston
E-4B Nightwatch - "Samolyot Sudnogo dnya" SShA

Bir so‘z bilan aytganda amerikaning “Qiyomat kuni” samolyoti – bu uchar otel. U yerda avtonom ishlash va dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan – oshxona, sanitariya qulayliklari, yotoq bo‘linmalari, majlislar zali va 29 kishiga mo‘ljallangan aloqa zali. Samolyot interyeri juda qulay. Balkim shu sabablai AQSh rahbariyati tez-tez uzoq masofalarga uchish uchun prezident samolyotlari Air Force One o‘rniga aynan ushbu samolyotlardan foydalanadi.    

E-4B samolyotlarining yoshi Rossiyaning Il-80 samolyotlaridan ancha katta. Ular harbiy kuchlar safiga 1970-yillarda qabul qilingan. Lekin ular doimiy ravishda modernizatsiya qilib kelnmoqda. Bugungi kunda ular keng polosali himoyalangan internet va keng polosali sputnik aloqalariga ega.  E-4B samolyotlari bir zapravkada — 11 ming km masofaga ucha oladi.

Ushbu uchar otellardan tashqari amerikaliklarda 16ta E-6 rusumli samolyotlar bor. Ular AQSh Birlashgan Harbiy qo‘mondonligi va atom suv osti kemalari orasida uzuluksiz aloqa ta’minlashga uchun xizmat qiladi. Kerak bo‘lganda ushbu samolyotlar Atlantika va Tinch okeanlar hududlarini nazorat qilish bilan birga AQSh E-4B “Qiyomat kuni samolyotlari” va strategik atom suv osti kemalari orasida aloqa o‘rnatadi.

Yangiliklar lentasi
0