https://oz.sputniknews.uz/20210203/Pentagon-Rossiya-bilan-yadroviy-urush-yuz-berishi-etimoli-aida-aytdi-15922417.html
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va Rossiya tomonidan bo‘layotgan agressiv harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas. 03.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-03T10:37+0500
2021-02-03T10:37+0500
2021-02-03T10:37+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/62/13336216_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_cab5c49ad7a0315a652f83f5f2fcc10d.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard Rossiya yoki Xitoy bilan yadroviy urush ehtimoli haqida bayonot berdi. U bu haqda Qo‘shma Shtatlar Harbiy-dengiz institutining rasmiy nashri fevral soni uchun yozgan maqolasida keltirib o‘tgan.Richardning ta’kidlashicha, Pentagon SSSR barham topgan davrdan buyon yadroviy derjava bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘ylamagan, ammo hozir holat o‘zgargan."Rossiya yoki Xitoy bilan mintaqaviy inqiroz, agar oddiy qurol-aslahalardan foydalanganda yutqazib, bu siyosiy tuzilma yoki davlatga tahdidni yuzaga keltirgan taqdirda, holat qisqa fursatda yadroviy quroldan foydalaniladigan mojaroga aylanib ketishi mumkin", — deb bayonot qildi Richard.Admiralning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning ehtimoliy dushmanlari tomonidan yadroviy quroldan foydalanish ehtimolini inkor etish katta xatolik bo‘lar edi.Richardning fikricha, AQSh mudofaa vazirligi hozirda terrorizmga qarshi kurash bilan mashg‘ul bo‘lgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy go‘yoki xalqaro normalarga kuch tomonlama chaqiriqlar tashlab, agressiv siyosatni o‘tkaza boshlagan.Bu esa sovuq urush davridan buyon misli ko‘rilmagan holatdir.Bu singari harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas."Ularning agressiyasini jilovlab turish uchun biz faol tarzda raqobatlashishimiz darkor; ularning tashabbuslariga yon berganda, biz ularning Qo‘shma Shtatlar ularga javob qaytarishni istamaydi yoki javob qaytarolmaydi degan tushunchasini mustahkamlab, bu bilan ularni yanada g‘ayratini oshirib yuborish xatarini yuzaga keltirmoqdamiz", — deb yozadi Richard.Bundan tashqari, u Xitoy va Rossiyaning tobora oshib borayotgan va "insonni zumda o‘ziga keltiradigan" yadroviy imkoniyatlarini qayd etib o‘tgan. Jumladan, Richard Rossiya yadroviy kuchlari modernizatsiyasi va Moskva tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qurol-aslahalar haqida batafsil hikoya qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20200416/Moskva--Vashington--Pekin-koronainiroz-Katta-uchlik-vuzhudga-kelishini-tezlashtiradi-13940716.html
https://oz.sputniknews.uz/20201211/Yadroviy-uchlik-Rossiya-suvosti-kema-va-aviatsiya-ishtirokida-mashq-otkazdi-15581819.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/62/13336216_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_da4d205183560ba4001398d523ff5939.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
Xitoy va Rossiya tomonidan bo‘layotgan agressiv harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard Rossiya yoki Xitoy bilan yadroviy urush ehtimoli haqida bayonot berdi. U bu haqda Qo‘shma Shtatlar Harbiy-dengiz institutining rasmiy nashri fevral soni uchun yozgan maqolasida keltirib o‘tgan.
Richardning ta’kidlashicha, Pentagon SSSR barham topgan davrdan buyon yadroviy derjava bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘ylamagan, ammo hozir holat o‘zgargan.
"Rossiya yoki Xitoy bilan mintaqaviy inqiroz, agar oddiy qurol-aslahalardan foydalanganda yutqazib, bu siyosiy tuzilma yoki davlatga tahdidni yuzaga keltirgan taqdirda, holat qisqa fursatda yadroviy quroldan foydalaniladigan mojaroga aylanib ketishi mumkin", — deb bayonot qildi Richard.
Admiralning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning ehtimoliy dushmanlari tomonidan yadroviy quroldan foydalanish ehtimolini inkor etish katta xatolik bo‘lar edi.
Richardning fikricha, AQSh mudofaa vazirligi hozirda terrorizmga qarshi kurash bilan mashg‘ul bo‘lgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy go‘yoki xalqaro normalarga kuch tomonlama chaqiriqlar tashlab, agressiv siyosatni o‘tkaza boshlagan.
Bu esa sovuq urush davridan buyon misli ko‘rilmagan holatdir.
Bu singari harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.
"Ularning agressiyasini jilovlab turish uchun biz faol tarzda raqobatlashishimiz darkor; ularning tashabbuslariga yon berganda, biz ularning Qo‘shma Shtatlar ularga javob qaytarishni istamaydi yoki javob qaytarolmaydi degan tushunchasini mustahkamlab, bu bilan ularni yanada g‘ayratini oshirib yuborish xatarini yuzaga keltirmoqdamiz", — deb yozadi Richard.
Bundan tashqari, u Xitoy va Rossiyaning tobora oshib borayotgan va "insonni zumda o‘ziga keltiradigan" yadroviy imkoniyatlarini qayd etib o‘tgan. Jumladan, Richard Rossiya yadroviy kuchlari modernizatsiyasi va Moskva tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qurol-aslahalar haqida batafsil hikoya qilgan.