https://oz.sputniknews.uz/20210322/rossiya-shimoliy-hududlarini-gayrioddiy-qurol-bilan-imoya-qiladi--17890533.html
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Misli ko‘rilmagan yo‘l tanlamaslik xususiyati, o‘q uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning
2021-03-22T19:45+0500
2021-03-22T19:45+0500
2021-03-22T19:45+0500
kolumnistlar
qurol-yarog‘
harbiy texnika
sovuq
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17890977_0:0:3045:1714_1920x0_80_0_0_a4cb62936f24d793d19c736c0dd56e94.jpg
Misli ko‘rilmagan yo‘l tanlamaslik xususiyati, o‘q uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning barchasi Rossiyaning yangi artilleriya qurilmasi “Magnoliya” haqida. Ushbu yangi qurol ekstremal sovuq iqlim sharoitlarida harbiy vazifalarni bajarayotgan Arktika bo‘linmalariga yetkazib beriladi. Rossiyaning eng yangi o‘ziyurar to‘pi nimalarga qodir?Alohida talablarUzoq Shimoluchun yaratilayotgan yangi o‘ziyurar to‘plar haqida dastlabki ma’lumotlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Mudofaa vazirligi 120 millimetrli “Magnoliya” ikki bo‘g‘inli zanjir tasmasli transportorga asosiga o‘rnatilgan. Sinov vaqtida yangi qurilma yumshoq tuproqli yerlarda, botqoqlarda, qorli joylarda o‘zining samarali ekanini namoyish qilgan. Uning dvigateli juda past havo haroratida ham stabil ishlash qobiliyatiga ega. “Magnoliya” loiyhasi "Burevestnik" ilmiy ishlab chiqarish markazida “Nabrosok” nomli konstruktorliy loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida Shimol iqlimi uchun o‘ziyurar to‘pdan tashqari yana bir talay harakatlanuvchi bazaga ega bo‘lgan artilleriya-minomot qurollari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Magnoliya”ning texnik xususiyatlari qisman "Armiya-2019" forumida ma’lum bo‘lgan edi. Uning tortuvchisi (Tagach) — 27-tonnali zanjirli zirhlangan yo‘ltanlamas DT-10PM "Vitaz". Uning yuk ko‘tarish quvvati 10 tannadan ortiq. 800 ot kuchiga ega dizel dvigatel uni soatiga 45 kmgacha tezlashtirishi mumkin. Suv havzalarida uning tezligi 6 km soatga yetishi mumkin. Yurish uzoqligi – 700 kilometrgacha. Ekipaj – 4 kishi, qurol aslahi orqa bo‘limda joylashtiriladi. Yarim avtomatik rezbali to‘p bir vaqtning o‘zida ham gaubitsa ham minomyo vazifasini bajaradi. Uning ixtiyorida bir necha xil snaradlar bor, jumladan "Nona" o‘ziyurar to‘pi snaradi ham va boshqariluvchi “Kitolov-2” snaradlari ham. Lazareli yarim avtomat o‘zi nishonga olish tizimi tufayli ushbu qurol tek turgan nishonlarni birinchi zarbadanoq deyarli 100% kafolat bilan yo‘q qilishi mumkin. Jangovor zahira – 80ta snarad. U 8 kilometrdan ortiq masofada joylashgan nishonlarga zarba berishi mumkin. Boshqariluvchi snaradlar bilan – 10 kmgacha. Otish tezligi – bir daqiqada 10ta snarad. Arktika “sovuti”Magnoliyaning asosiy vazifasi – dushmanning havo hujumi himoyasi, radioelektron kurash vositalarini, raketa ustanovkalarini, zirhli texnikasini, mustahkamlangan inshootlarini va tirik jonini yo‘q qilishdir. Nima bo‘lganda ham istiqbolli o‘ziyurar to‘plar – o‘ta sovuq Arktika sharoitiga moslashtirilgan yagona jangovar texnikadir. Havo-hujumi bo‘linmalari uchun yaratilgan "Pansir" ham shimol iqlimiga moslashtirilgan turi bor. Ushbu qurol turli harbiy mojaorlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Lekin Uzoq Shimol sharoiti uchun unining konstruksiyasiga bir necha jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan. "Pansir-SA"ning jangovar bo‘limini zirhlangan “Vitaz” ichiga o‘rnatishdi, lekin zenit avtomatik to‘pidan voz kechishdi – chunki qattiq sovuqda uning o‘q otish samaradorligi jiddiy kamayadi. Uning o‘rniga 6ta qo‘shimcha raketa ustanovkalari o‘rnatildi. Ularning zarba berish masofasi 20 kilometrni tashkil qiladi.Yana bir havo zarbasiga qarshi kurash vositasi - "Tor-M2DT" zenit-raketa majmuasidir. Ushbu qurol 2021-yilda qabul qilingan va u 50 darajadan past sovuq havoda ishlashi, murakkab relyefli joylarda harakatlanishi va suv to‘siqlarini kesib o‘tishi mumkin. Majmua ikki bo‘linmasli zirhli gusenitsali yo‘ltanlamas transportga joylashtiriladi. Bosh modulda – ekipaj va uning hayoti uchun kerakli uskunalar, ikkinchi bo‘limda esa – raketa uchirish majmualari. Taktik va texnik xususiyatlari oddiy “Tor”ga o‘xshash. U barcha 16 kmgacha balanlikda turdagi havo nishonlarini yo‘q qilishi mumkin: samolyotlar, vertolotlar, qanotli raketalar, boshqariluvchi snaradlar, kichik o‘lchamli uchuvchisiz apparatlar va boshqalar. Majmuada 16ia zenit raketalari bor. Ularning har biri 2,5 soniya interval bilan uchirilishi mumkin. “Tor” 1ta raketa - 1ta nishon prinsipi asosilda ishlaydi. Ya’ni uning nishonga tegish xususiyati juda yuqori. Arktika qo‘shinlariga shuningdek zamonaviylashtirilgan T-80BVM tanklari, MT-LB bazasiga o‘rnatilgan gaubitsalar ham yetkazib beriladi. Shaxsiy tarkib uchun transportArktik guruhning harbiy xizmatchilarimaxsus tayyorlangan texnikada yulib yuriladi. Masalan Mi-8AMTSh-VA vertoloti. Uning moylash tizimi isitish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib -60 daraja sovuqda ham muammosiz ishlashi mumkin. Vertolotning yuk kabinasi ham isitish tizimiga ega. Arktik Mi-8ning uchish uzoqligi 1400 kmdan oshadi. Vertolot havoda 7 soatdan ortiq vaqt davomida uzuluksiz bo‘lishi mumkin. Yerda esa harbiylar ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan gusenitsali mototransportlardan foydalanishadi. Ularning yerga bosimi 0,28 kg/sm2. Bu piyoda odamnikidan kam degani. Shuningdek qor-botqoqda yuruvchi transport ham bor. Ulardan razvedka, yo‘nalish solish va muzliklarni tekshirish va harbiy texnikani kuzatib borish uchun foydalanishadi. Askar va zobitlar istiladigan kabinaga ega bo‘lgan Ural va Kamaz avtomobillarida, havo yostiqchali katerlarda olib yuriladi. Ayrim bo‘linmalar hato it yoki kiyik chang‘ilaridan ham foydalanishadi. Ushbu qadimiy transport eng zamonaviy yo‘ltanlamas ham o‘ta olmagan joydan ham o‘tishi mumkin. Arktik bo‘linmalar, albatta, maxsus kiyim-kechak bilan ham ta’minlanadi. Ularning standart kiyimi 20ta elementdan iborat bo‘lib, u ko‘p qavatli matolardan tikilgan. U juda yengil va qulay bo‘lib, juda issiq va harakat qilishga xalal bermaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20191223/Rossiya-arbiylariga-yangi-S-350-zenit-raketa-tizimlari-tadim-etildi-13091013.html
https://oz.sputniknews.uz/20191209/Arktika-ustidagi-arbiy-muzhofaa-obii-ikki-sababga-kra-muimdir-ekspert-12973425.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17890977_314:0:3045:2048_1920x0_80_0_0_65ebafc20a913672ef751c3bb1dc81ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, sovuq, harbiylar
kolumnistlar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, sovuq, harbiylar
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Ushbu maqola havo harorati -50 daraja va unadn past Arktika sovuq sharoitiga moslashtirilgan, dunyoda muqobili yo‘q yagona jangovar texnika haqida.
Misli ko‘rilmagan yo‘l tanlamaslik xususiyati, o‘q uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning barchasi Rossiyaning yangi artilleriya qurilmasi “Magnoliya” haqida.
Ushbu yangi qurol ekstremal sovuq iqlim sharoitlarida harbiy vazifalarni bajarayotgan Arktika bo‘linmalariga yetkazib beriladi. Rossiyaning eng yangi o‘ziyurar to‘pi nimalarga qodir?
Uzoq Shimoluchun yaratilayotgan yangi o‘ziyurar to‘plar haqida dastlabki ma’lumotlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Mudofaa vazirligi 120 millimetrli “Magnoliya” ikki bo‘g‘inli zanjir tasmasli transportorga asosiga o‘rnatilgan.
Sinov vaqtida yangi qurilma yumshoq tuproqli yerlarda, botqoqlarda, qorli joylarda o‘zining samarali ekanini namoyish qilgan. Uning dvigateli juda past havo haroratida ham stabil ishlash qobiliyatiga ega.
“Magnoliya” loiyhasi "Burevestnik" ilmiy ishlab chiqarish markazida “Nabrosok” nomli konstruktorliy loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida Shimol iqlimi uchun o‘ziyurar to‘pdan tashqari yana bir talay harakatlanuvchi bazaga ega bo‘lgan artilleriya-minomot qurollari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“Magnoliya”ning texnik xususiyatlari qisman "Armiya-2019" forumida ma’lum bo‘lgan edi. Uning tortuvchisi (Tagach) — 27-tonnali zanjirli zirhlangan yo‘ltanlamas DT-10PM "Vitaz". Uning yuk ko‘tarish quvvati 10 tannadan ortiq. 800 ot kuchiga ega dizel dvigatel uni soatiga 45 kmgacha tezlashtirishi mumkin. Suv havzalarida uning tezligi 6 km soatga yetishi mumkin. Yurish uzoqligi – 700 kilometrgacha. Ekipaj – 4 kishi, qurol aslahi orqa bo‘limda joylashtiriladi.
Yarim avtomatik rezbali to‘p bir vaqtning o‘zida ham gaubitsa ham minomyo vazifasini bajaradi. Uning ixtiyorida bir necha xil snaradlar bor, jumladan "Nona" o‘ziyurar to‘pi snaradi ham va boshqariluvchi “Kitolov-2” snaradlari ham. Lazareli yarim avtomat o‘zi nishonga olish tizimi tufayli ushbu qurol tek turgan nishonlarni birinchi zarbadanoq deyarli 100% kafolat bilan yo‘q qilishi mumkin.
Jangovor zahira – 80ta snarad. U 8 kilometrdan ortiq masofada joylashgan nishonlarga zarba berishi mumkin. Boshqariluvchi snaradlar bilan – 10 kmgacha. Otish tezligi – bir daqiqada 10ta snarad.
Magnoliyaning asosiy vazifasi – dushmanning havo hujumi himoyasi, radioelektron kurash vositalarini, raketa ustanovkalarini, zirhli texnikasini, mustahkamlangan inshootlarini va tirik jonini yo‘q qilishdir.
Nima bo‘lganda ham istiqbolli o‘ziyurar to‘plar – o‘ta sovuq Arktika sharoitiga moslashtirilgan yagona jangovar texnikadir.
Havo-hujumi bo‘linmalari uchun yaratilgan "Pansir" ham shimol iqlimiga moslashtirilgan turi bor. Ushbu qurol turli harbiy mojaorlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Lekin Uzoq Shimol sharoiti uchun unining konstruksiyasiga bir necha jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan.
"Pansir-SA"ning jangovar bo‘limini zirhlangan “Vitaz” ichiga o‘rnatishdi, lekin zenit avtomatik to‘pidan voz kechishdi – chunki qattiq sovuqda uning o‘q otish samaradorligi jiddiy kamayadi. Uning o‘rniga 6ta qo‘shimcha raketa ustanovkalari o‘rnatildi. Ularning zarba berish masofasi 20 kilometrni tashkil qiladi.
Yana bir havo zarbasiga qarshi kurash vositasi - "Tor-M2DT" zenit-raketa majmuasidir. Ushbu qurol 2021-yilda qabul qilingan va u 50 darajadan past sovuq havoda ishlashi, murakkab relyefli joylarda harakatlanishi va suv to‘siqlarini kesib o‘tishi mumkin.
Majmua ikki bo‘linmasli zirhli gusenitsali yo‘ltanlamas transportga joylashtiriladi. Bosh modulda – ekipaj va uning hayoti uchun kerakli uskunalar, ikkinchi bo‘limda esa – raketa uchirish majmualari.
Taktik va texnik xususiyatlari oddiy “Tor”ga o‘xshash. U barcha 16 kmgacha balanlikda turdagi havo nishonlarini yo‘q qilishi mumkin: samolyotlar, vertolotlar, qanotli raketalar, boshqariluvchi snaradlar, kichik o‘lchamli uchuvchisiz apparatlar va boshqalar. Majmuada 16ia zenit raketalari bor. Ularning har biri 2,5 soniya interval bilan uchirilishi mumkin. “Tor” 1ta raketa - 1ta nishon prinsipi asosilda ishlaydi. Ya’ni uning nishonga tegish xususiyati juda yuqori.
Arktika qo‘shinlariga shuningdek zamonaviylashtirilgan T-80BVM tanklari, MT-LB bazasiga o‘rnatilgan gaubitsalar ham yetkazib beriladi.
Shaxsiy tarkib uchun transport
Arktik guruhning harbiy xizmatchilarimaxsus tayyorlangan texnikada yulib yuriladi. Masalan Mi-8AMTSh-VA vertoloti. Uning moylash tizimi isitish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib -60 daraja sovuqda ham muammosiz ishlashi mumkin. Vertolotning yuk kabinasi ham isitish tizimiga ega.
Arktik Mi-8ning uchish uzoqligi 1400 kmdan oshadi. Vertolot havoda 7 soatdan ortiq vaqt davomida uzuluksiz bo‘lishi mumkin.
Yerda esa harbiylar ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan gusenitsali mototransportlardan foydalanishadi. Ularning yerga bosimi 0,28 kg/sm2. Bu piyoda odamnikidan kam degani.
Shuningdek qor-botqoqda yuruvchi transport ham bor. Ulardan razvedka, yo‘nalish solish va muzliklarni tekshirish va harbiy texnikani kuzatib borish uchun foydalanishadi.
Askar va zobitlar istiladigan kabinaga ega bo‘lgan Ural va Kamaz avtomobillarida, havo yostiqchali katerlarda olib yuriladi. Ayrim bo‘linmalar hato it yoki kiyik chang‘ilaridan ham foydalanishadi. Ushbu qadimiy transport eng zamonaviy yo‘ltanlamas ham o‘ta olmagan joydan ham o‘tishi mumkin.
Arktik bo‘linmalar, albatta, maxsus kiyim-kechak bilan ham ta’minlanadi. Ularning standart kiyimi 20ta elementdan iborat bo‘lib, u ko‘p qavatli matolardan tikilgan. U juda yengil va qulay bo‘lib, juda issiq va harakat qilishga xalal bermaydi.