Joriy yil 5 may kuni Moskva-Murmansk yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi.
Parvozning 28 daqiqasidan soʻng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.
Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan soʻng yerga qoʻnishga erishdi.
Keskin qoʻnish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.
Keyinchalik yongʻin samolyotning qanot qismiga oʻtadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok boʻldi, 33 nafar yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzolari omon qoldi.
Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir boʻlgan aviahalokatning bir nechta versiyani koʻrib chiqishmoqda. Asosiylari – pilot, dispecherlar va samolyotni texnik koʻrikdan oʻtkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi; havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.