Toshkentliklar “Sheremetyevo”dagi fojiadan so‘ng Rossiya elchixonasiga gullar olib kelmoqda

© SputnikSveti i pamatnie svechi, arxivnoe foto
Sveti i pamatnie svechi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Toshkent aholisi Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokat so‘ng Rossiya elchixonasi binosi oldiga motam ramzi sifatida gullar olib kelishmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSveti u posolstva RF v Uzbekistane
Toshkentliklar “Sheremetyevo”dagi fojiadan so‘ng Rossiya elchixonasiga gullar olib kelmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Sveti u posolstva RF v Uzbekistane

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘llab, halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tilagan edi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSveti u posolstva RF v Uzbekistane
Toshkentliklar “Sheremetyevo”dagi fojiadan so‘ng Rossiya elchixonasiga gullar olib kelmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Sveti u posolstva RF v Uzbekistane

5 may,yakshanba kuni kechqurun Moskva-Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi. Parvozning 28 daqiqasidan so‘ng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.

Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan so‘ng yerga qo‘nishga erishdi.Keskin qo‘nish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.

Keyinchalik yong‘in samolyotning qanot qismiga o‘tadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qoldi.

Viloyatda uch kunlik motam e’lon qilindi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga bir million rubl, jabrlanganlarga 500 ming rubl beriladi.

Fojiadan so‘ng Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tergov o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish to‘g‘risida topshiriq berdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 2019-yilning 6-may kuni ertalab holatiga ko‘ra 5-mayda Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportiga samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0