Qimmatbaho vaqt qo‘ldan boy berilgan – ekspert Sheremetyevo fojiasi haqida

© foto iz lichnogo arxiva Viktora PradkiViktor Pradka
Viktor Pradka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert Viktor Pradka Sukhoi Superjet 100 samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojia haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

“Alyans aviatsionnix texnologiy Avintel” kompaniyasi bosh direktori Viktor Pradka Sputnik radio efiri chog‘ida 5-may kuni Sheremetyevo aeroportida yonib ketgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti uchuvchilari xatti-harakatlarini izohladi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, agar ekipaj yong‘in avj olgan joydagi samolyot qanotidagi avariya chiqish joylarini ochganda, bu yanada achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

V Sheremetyevo zagorelsya passajirskiy samolet. Syemka ochevidsa - Sputnik O‘zbekiston
Sheremetyevo aeroportida "Aeroflot"ga qarashli samolyot yonib ketdi – video

“Samolyotlarni tez-tez yashin urib turadi, lekin bu holat shunga o‘xshash achinarli oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoda parvoz qilgandan so‘ng yonib ketgan – dvigatellardan biri alanga olgan. Samolyot esa allaqachon yonayotgan holda qo‘ngan. Biroq qimmatbaho vaqt qo‘ldan boy berilgan, va birinchi urinishdan samolyotni qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lmagan”, - deydi Viktor.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, hodisa fojiali tus olgan vaqtda uchuvchilar har qanday holatda qo‘nishni amalga oshirishlari shart edi. Agar samolyot havoda yana bir necha daqiqa bo‘lganda, olov boshqaruvning asosiy tizimini yo‘q qilishi va aviahalokat oqibatlari g‘oyat ayanchli bo‘lishi mumkin edi.

Sledstvenniy komitet soobshil o 41 pogibshem v Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Sheremetyevodagi fojia – aviahalokat asosiy versiyalari ma’lum qilindi

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati 5-may kuni kechqurun sodir bo‘ldi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan so‘ng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan.

Samolyot faqat ikkinchi urinishdan so‘ng qo‘na olgan. Qattiq qo‘nish oqibatida samolyotning shassi stoykalari sinib ketgan va dvigatellarda alanga paydo bo‘lgan. Keyin olov samolyotning dum qismiga yoyilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

41 kishi halok bo‘lgan. 33 yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qolgan.

Yangiliklar lentasi
0