Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSamolet "Suxoy Superdjet 100
Samolet Suxoy Superdjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sukhoi Superjet 100 samolyoti – Rossiya yo‘lovchi samolyoti hisoblanadi, u yaqin (3 ming yoki 4,6 ming km) masofa va 100 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Samolyot "Grajdanskie samoleti Suxogo" va Finmeccanica-Alenia Aermacchi kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqarilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti SSSR parchalangandan so‘ng Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi yo‘lovchi samolyot hisoblanadi.

2008 yil mayda SSJ 100 samolyoti birinchi parvozi amalga oshirilgan.

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSborka samoletov Sukhoi Superjet v Komsomolske-na-Amure
Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida - Sputnik O‘zbekiston
Sborka samoletov Sukhoi Superjet v Komsomolske-na-Amure

2011 yilda esa SSJ 100 havo kemasi ekspluatatsiyaga kiritilgan.

2019 yil aprel oyi holatiga 139 ta shu turdagi samolyot ekspluatatsiya qilinadi, ulardan 106 tasi Rossiyada, 33 tasi xorij mamlakatlarda (Meksika, Tailand, Qozog‘iston).

Sukhoi Superjet 100 ishtirokidagi aviahalokatlar

Ekspluatatsiya qilishdan boshlab bu turdagi samolyot bir qancha avia hodisalar sodir bo‘ldi, ulardan ikkitasida ko‘plab odamlar halok bo‘lgan.

2012 yil 9-mayda Sukhoi Superjet 100-95B, laynerda 45 kishi bo‘lgan, Indoneziyada halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan barcha odamlar halok bo‘ldi (37 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zolari).

Sledstvenniy komitet soobshil o 41 pogibshem v Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Sheremetyevodagi fojia – aviahalokat asosiy versiyalari ma’lum qilindi

2019 yil 5-may Sukhoi Superjet 100, Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi omon qoldi.

Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatning bir nechta versiyasini ko‘rib chiqishmoqda.

Asosiylari – pilot, dispetcherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi; havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Rossiya transport nazorati davlat idorasi “Aeroflot”, Sheremetyevo aeroporti hamda havo harakatini tashkil qilish bo‘yicha davlat korporatsiyasini rejadan tashqari tekshiruvdan o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0