Rossiyalik aktorlar gollivudlik hamkasblarini ortda qoldirib, birinchi bo‘lib koinotga uchishdi

"Missiya nevipolnima" filmini koinotda suratga olmoqchi bo‘lgan Tom Kruz va rejissor Dag Layman endi kamida ikkinchi bo‘ladi. Artistlar sentrifiga, ortiqcha yuk, barokameralar va murakkab mashqlar kabi sinovlardan o‘tishdi va endilikda vaznsizlik holatida ishlashga tayyor.
Sputnik
Koinotdagi aktrisa - endi ertak emas. Bunday nomga "Vizov" ("Chaqiriq") filmi bosh qahramoni Yuliya Peresild sazovor bo‘ldi. "Artist xushmuomala, sezgir va ochiq bo‘lishi kerak", - deydi Yuliya. –Kocmonavtlarda esa buning aksi: diqqat jamlangan bo‘lishi lozim. Ammo men hozir ko‘proq aktrisa yoki kosmonavt emas, balki mo‘’jiza oldida turgan insonman.
Baykonur – loyiha amalga oshiriladigan kundagi markaziy lokatsiyadir. Bu yerdan insoniyat tarixida ilk bor "kinoekipaj" "Soyuz MS-19" fazo kemasida koinotga jo‘naydi.
"Vizov" - bu ilmiy-ma’rifiy loyiha. Biroq sujet tafsilotlari sir tutilmoqda. Ma’lumi shuki, u shifokor qiz (Peresild) haqidagi dramatik film. U bir oy ichida parvozga tayyorgarlik qo‘rishi va Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l olishi va u yerda ekipaj a’zolaridan birining hayotini saqlab qolish uchun kurashishi kerak bo‘ladi.
Popular Mechanics Rossiyaga kosmosdan zarba berish imkonini o‘rgandi
Bunday maxfiylikdan ko‘pchilik xijolatda. "Ssenariy hatto parvozlarni boshqarish markazi mutaxassislaridan ham sir tutilgan. Agar Markaz rejachilari va operatorlari, tibbiy ta’minot guruhi nimani kutishni bilmasa va faqatgina holatga qarab ish ko‘rishga majbur bo‘lishsa, axir bu unchalik to‘g‘rimas. Bu ekipaj ishi samaradorligi va xavfsizlikka ham ta’sir o‘tkazadi", — deya ta’kidladi RIA Novostiga bergan intervyusida 1-toifadagi instruktor-fazogir-sinovchi, kosmosda uch marta bo‘lgan shifokor, RFA tibbiy-biologik muammolar instituti direktori o‘rinbosari Oleg Kotov.
Yo‘l – loyiha ishtirokchilarini tayyorlashning muhim qismi. Yuliya Peresild "kinoekipaj" jamoasi dublorlari bilan xavfsizlik nuqtayi-nazaridan boshqa-boshqa avtobuslarda harakatlanishini aytadi. "Ko‘pincha tuya podalarini uchratamiz. Ular har xil naslda va ranglari ham turlicha, bizni karvonni o‘tkazib yuborish uchun xohlamaygina yo‘l chetiga o‘tishadi. Ba’zan charchoq va haddan ziyod ko‘p ishlaganimizdan avtobusning o‘zida uxlab qolamiz, lekin bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha yo‘l-yo‘lakay ham film ustida ishlaymiz, repetitsiya qilamiz", - deya o‘z taasurotlari bilan bo‘lishadi aktrisa.
Yulduzlar shaharchasi - an’anaga ko‘ra, kosmik porvozga da’vogarlarni tanlab olish maydoniga aylandi. Loyihada ishtirok etishni istaganlar Kosmonavtlarni tayyorlash markazida soatlab vaqtlarini o‘tkazishga majbur bo‘ldilar.
Savdo, kosmos va turizm: YeOII bosh vazirlari sammiti yakunlari
Sinovlar oddiy bo‘lmadi. Otorinolaringolog, oftalmolog ko‘rigidan tashqari nomzod aktrisalar (Peresilddan tashqari, Sofya Arjakovskaya, Alena Mordovina va uchuvchi Galina Kairovalar) sentrifugada, barokamerada bo‘lishdi, uzluksiz tezlashuvni o‘zlarida sinab qo‘rishdi. Shuningdek, ular suvda turli guruh elementlarini bajarishga, "quruk mashg‘ulotlarda" qatnashishga majbur bo‘ldilar, vaznsizlik haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.
Klim Shipenko koinotga uchgan va film olgan birinchi rejissorga aylanadi. Biroq bu mavzu u uchun yangilik emas: 2017-yilda u orbital stansiya to‘g‘risidagi "Salyut-7" kinokartinasini suratga olgan. Undan tashqari Shipenko "Zolotoy orol" mukofotining ikki karra laureati bo‘lib, Rossiya va MDHda eng kassabop bo‘lgan "Xolop" filmi muallifidir.
Ekipaj menyusi turli xil taomlardan iborat bo‘lib, u uch mahal ovqatlanishni o‘z ichiga oladi. "Kinoekipaj" a’zolari uchun xech qanday istisnoga yo‘l qo‘yilmaydi: hammasi standart bo‘yicha.
AQSh sheriklari bilan birga Rossiyaga Navalniy bo‘yicha savollar yo‘lladi
"Birinchi kuni ularni nonushtaga tuxum bilan maydalangan cho‘chqa go‘shti, tvorog, "Russkoe" pechenyesi va vitaminlar kutmoqda. Tushlikka esa ikra, go‘shtli borshch, azu, Borodino noni, olmali desert. Kechki ovqat kartoshka puresidan gulyash, yashil loviya salati va zanjabilli pechenyedan iborat. Kun davomida qahva, choy, kakao ichiladi", - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi tibbiy-biologik muammolar instituti ovqatlanish bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Agureyev.
Noqulaylik ekipaj uchun odatiy holga aylanadi, chunki tortishish kuchi bo‘lmaganida uyqu, o‘zini parvarishlash va boshqa "dunyoviy" narsalar haqiqiy sinovga aylanishi haqiqat. Peresild va Shipenko tajribali kosmonavtlardan qanday qilib yuvinish va dam olish haqida o‘rganganlarini hikoya qilishadi.
"Devorlarga tegmasdan uxlash juda noqulay. Siz shunchaki spalniy meshokda suzasiz. Agar kunduzi toliqqan bo‘lsangiz, hatto charchoq juda kuchli bo‘lgan taqdirda ham uxlab qolish qiyin", - deydi kosmonavt Oleg Kotov RIA Novosti bilan suhbatda.
Gagarin yana kosmosda — “Soyuz” kemasi yangi ekipaj bilan parvozi - video
Bundan tashqari, Xalqaro kosmik stansiyada chiroqlar o‘chirilmaydi, ventilyatorlar va ishlayotgan uskunalarning shovqini doim eshitilib turadi.
Jamoani tanlab olish jarayoni juda qat’iy bo‘ldi. Shu bois, Peresild va Shipenko ularni nima kutayotganini taxminan biladi. Bosh ayol roli uchun tanlov ochiq kechdi, finalgacha yetib kelgan 20 nafar nomzod tibbiy ekspert komissiyasidan o‘tdi (tibbiy va psixologik talablar, jismoniy tayyorgarlik, kasbiy yaroqlilikni tekshirish uchun).
Parvoz komissiyasidan Peresild va uning dublori Alena Mordovina muvaffaqiyatli o‘tishdi. Va rejissor Shipenko, operator Aleksey Dudin bilan birgalikda bir necha oy davom etgan tezlashtirilgan o‘quv kursiga qatnadilar.
Kosmosdan hujum: Apofis asteroidi Yerga qulashi mumkinmi?
Rus estradasi primadonnasi aktrisa Peresildni qo‘llab -quvvatlagan holda unga murojaatnoma yozdi:
"Azizam Yulechka, sen bu voqeaga uzoq tayyorgarlik ko‘rding. Modomiki, inson uzoq vaqt qiynalar ekan, oxir-oqibat u albatta, muvaffaqiyat qozonadi. Shunchaki qanotlarni yozib, avvalgi "mening" ustidan uchib o‘tishing kerak, xolos. Aytgancha, sendan iltimos, ajoyib sayyoramizga kuzgi bo‘sa yo‘llashni unutmagin. Biz seni kutamiz. Qaytib kel!", - deydi Alla Pugacheva videoda.
Ikki haftalik parvozdan so‘ng, "kinoekipaj" Yulduzlar shaharchasida reabilitatsiya qilinadi. Tajribali kosmonavtlarning so‘zlariga ko‘ra, qisqa muddatli parvozlardan so‘ng, tana odatda yetti kun ichida tiklanadi. Va shundan keyingina hammaga uyiga ketishiga ruxsat beriladi.
Shimol yog‘dusi kosmosdan qanday ko‘rinadi — MKS bortidan video
"Klim vaqti -vaqti bilan ssenariyni o‘zgartiradi, mening rolimni murakkablashtiradi. Yod olishga to‘g‘ri keladi - va bu biz maktabda yodlagan she’r emas, bu proza. Biz singari noprofessional aktor uchun bu qiyin. Lekin harakat qilyapmiz", - deydi kema kapitani, Peresildni XKSga yetkazib qo‘yadigan kosmonavt obrazi ijrochisi Anton Shkaplerov. "Men kosmonavtlarni taniganimdan so‘ng ssenariyni ularga moslashtirdim" - deydi Shipenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan aktorlar kosmos bilan bog‘liq blok tugagach tanlab olinishi kutilmoqda.
"Vizov"da Sergey Burunov, Vladimir Mashkov, Tatyana Dogileva rol o‘ynashi mumkin edi. Shuningdek, Shipenko drimkastda Polina Agureyeva, Oleg Noviskiy va Potr Dubrovin tilga olgan edi. Lekin hali hammasi oldinda.
S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari
Sayyohlar koinotda 2000-yillar boshlarida paydo bo‘lgan. Birinchi sayyoh asli Italiyadan bo‘lgan amerikalik tadbirkor Dennis Tito bo‘lgan. Undan keyin fazoga asosan turli mamlakatlar ishbilarmonlari parvoz qilishgan. 2015-yilda qo‘shiqchi Sara Braytman sayohati rejalashtirilgan edi, lekin u keyinchalik bundan voz kechgan.
Parvozga tayyorgarlik turist uchun nihoyatda qimmatligiga qaramay (bu bir necha o‘n millionlab dollargacha boradi), xohlovchilar ko‘p. Mana oqibatda kinoaktrisa va rejissor birinchi marta parvoz qilishadi.
"Kinoekipaj" vaznsizlikdan allaqachon zavq olib ulgurdi. Yuliya Peresildning tan olishicha, ular o‘zi bilan juda ko‘p qog‘oz paketlarni olishgan, biroq bu paketlar hech kimga asqotmagan.
Kosmosga yo‘l ochgan sovet fazogir itlari – moziyga nazar
"Biz vaznsizlikda bir marta uchganimizdan afsusdamiz", - deydi aktrisa.
Translyatsiya, asosan, fransuz, ingliz, ispan va rus tillarida uzatiladi. Bundan tashqari, uni dunyoning istalgan joyidan kuzatish imkoniyati mavjud.
Loyihaning ko‘rsatkichlari hayratlanarli. "Kinoekipaj" 12 kunni kosmosda o‘tkazadi - qaytish esa 17-oktabrga rejalashtirilgan. Shipenko taxminan 35-40 daqiqalik kadrlar oxirgi qismga kiritiladi deb umid qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "koinotga oid sahnalar maksimal darajada koinotda suratga olinishini" xohlaydi.
Baykonurdan uchish haqidagi translyatsiyani jonli efirda ko‘rish mumkin. "Soyuz MS-19" boshqariladigan transport kemasining suratga olish guruhi bilan uchirilishi Perviy kanalning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek "Start" onlayn-platformasida va "Moskino Kosmos" kinoteatrida onlayn tarzda uzatiladi.