Savdo, kosmos va turizm: YeOII bosh vazirlari sammiti yakunlari

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Obuna bo‘lish
Qozonda 30-aprel kuni yakuniga yetgan YeOII bosh vazirlari sammitida ittifoqchi davlatlar orsaida savdo-sotiqni rivojlantirish, oziq–ovqat narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, zarakunandalarga qarshi kurash hamda yagona kredlar bazasi haqida kelishib olindi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. YeOII davlatlari hamda O‘zbekiston, Kuba, Moldova, Turkmaniston va Tojikiston bosh vazirlari Qozonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi majlisida quyidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishiga qarshi kurash

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YeOII davlatlari bosh vazirlariga oziq-ovqat narxlarini hukumat darajasida nazorat qilishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bundan maqsad – istelmol narxlari oshishini oldini olishdir. Birinchi navbatga gap qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqida ketmoqda.
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: 2025-yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi
Ittifoq doirasida oziq-ovqat narxlarini jilovlab turish masalasi milliy hukumatlar darajasida nazorat qilinadi. Bu yerda gap bozor mexanizmlari va ma’muriy uslublarni birgalikda qo‘llash haqida gap ketmoqda. Rossiya bosh vaziri aynan sun’iy ravishda, o‘rtakash strukturalar tomonidan anrxlar ko‘tarilishini nazarda tutgan edi, - deydi IMEMO RAN izlanishlar markazining iqtisod bo‘limi rahbari Yelena Kuzmina.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bunday sharoitda har bir respublika mahsulotlar narxining maksimal darajasini belgilaydi va undan oshishiga yo‘q qo‘ymaydi.
Darhaqiqiat, pandemiya oqibatida YeOII davlatlarida oziq-ovqatlar narxlari sezilarli darajada ko‘tarilgan. Xususan shakar – 56,9%, kartoshka - 33,5%, o‘simlik moyi – 29,5%.
YeIK raisi Mixail Masnikovich aytishiga ko‘ra, narxlar oshishi bozorlarda defitsit bilan bog‘liq bo‘lmagan. YeOII ushbu mahsulotlar bilan o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlay oladi.

Yagona kosmik tizim

YeOII davlatlari yaqin 5-yil ichida umumiy kosmik tizim yaratish borasida ish olib boradi.
“Ushbu tizim bizning mamlakatlarimiz sputniklarin birlashtiruvchi, kosmik suratlarning yagona bazasini yaratuvchi hamda yerdagi qabul qiluvchi tizimlar bazasini birlashtirishni hamda ularni yangilash va zamonaviylashtirishni nazarda tutadi”, - deyilgan bayonotda.
Torgovlya Uzbekistana s YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
O‘zbekiston va YeOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Ushbu global loyiha 2021 – 2025-yillarda amalga oshiriladi va u yuqorida qayd etilgan barcha yo‘nalishlarni yagona tizim sifatida boshqarish imkonini beradi. Bu kuzatuv olib borilayotgan hududlarni kengaytirish, kerakli ma’lumotlarni operativ ravishda olish imkonini beradi, dedi YeIK raisi o‘rinbosari Iya Malkina.
“Alohida davlatlar ushbu tizimning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi. Umid qilamizki buning natijasida 4-5ta yangi kosmik apparat ishlab chiqiladi”, - dedi Malkina.
Ayni damda YeOIIda kosmiy sohada Rossiya, Qozog‘iston va Belarus yetakchilik qilmoqda. KElajakda YeOIIning har bir davlati unda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Istalgan davlatda kredit olish imkoniyati

Yil oxirga qadar YeOII davlatlari “kredit tarixi” ma’lumot bazalari bilan almashadi.
“Bizning fuqarolarimiz va fridik shaxslarimiz YeOIIning barcha davlatlarida kredit olish imkoniga ega bo‘ladi. Banklar esa ular haqida barcha ma’lumotlarni tekshirish imkoniga ega bo‘ladi”, - dedi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri aytishiga ko‘ra, bugungi kunda YeOII hududda yetakchi iqtisodiy uyushmaga aylanib bormoqda. Ayni damda 50 dan ortiq davlatdan savdo-sotiqda imtiyozlar berish haqida so‘rovnomalar olingan, dedi Mishustin.

Zararkunandalarga qarshi kurash

YeOII davlatlari fitosaniyatari xavfsizligiga katta e’tibor berishmoqda. Ular xorijdan Ittifoq hududiga turli zararkunanda hashorotlar va viruslar olib kelish va ularning tarqalishini oldini olishga qarshi keskin kurash boshlagan. Xususan, pomidor jigarrang ajin virusi, mozaika pepino va pomidor dog‘li so‘lish virusi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
O‘zbekiston YeIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
“Bu juda jiddiy masala. Ekspertlar va ilmiy hamjamiyat tomonidan chuqur muhokama qilinishi kerak. Birgalikda ushbu viruslarni pomidor, urug‘lar va ko‘chatlarda tarqalmasligini nazorat qilishimiz kerak”, - dedi Mishustin.
O‘tgan yilda Qozog‘iston 8 ming tonna ana shunday mahsulotlarni chegarada “ushlab qolgan”.

COVIDsiz sayohat qilish

Mixail Mishustin aytishiga ko‘ra, "Puteshestvuy bez COVID" mobil dasturi Ittifoq davlatlari orasida yo‘lovchi tashishni tezroq va xavfsizroq amalga oshirish imkonini beradi.
“Bir qator mamlakatlarda, ayniqsa Yevropada koronavirusga chalinganlar soni oshayotgani tufayli, koronairusga qarshi kurashni susaytirib bo‘lmaydi. Ushbu qulay dastur orqali stertifikatga ega bo‘lgan laboratoriyalarda topishirilgan, COVID-test natijalarini kiritish mumkin”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Ayni damda ushbu loyihada Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston ishtirok etmoqda. Yaqin orada Qozog‘iston ham qo‘shilishi kutilmoqda.
YeOIIning navbatda hukumatlararo kengashi 19-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0