Shimol yog‘dusi kosmosdan qanday ko‘rinadi — MKS bortidan video

Obuna bo‘lish
Rossiyalik astronavt Sergey Kud-Sverchkov taymlaps rejimida juda zo‘r kadrlarni suratga oldi. Ushbu kadrlarda shimol yog‘dusi go‘yoki sayyoramizni qoplab olgan yorqin shu’lali to‘q sariq-zumrad rangli qoplam sifatida ko‘rinishga ega.
"Biz Tinch okeani ustida parvozni boshlaymiz, AQSh va Kanada shaharlari ustidan uchib o‘tamiz, so‘ng esa tong otishini shimoliy Atlantika ustida kutib olamiz. Hatto tunda ham okean, bulutlar va tungi shaharlarni aniq ko‘rish mumkin, ufqdan esa Somon yo‘li suzib chiqadi", - deb yozgan rossiyalik astronavt o‘zining Instagramdagi akkauntida.
U shuningdek, internet foydalanuvchilariga videoda aynan nima tasvirlanganiga izoh bergan. Jumladan, Sergey Yer sayyorasi ustidagi to‘q sariq rangli qoplam qayoqdan paydo bo‘lgani to‘g‘risida so‘zlab bergan.
Uning aytishicha, ushbu effekt sayyoraning o‘zida yuz beradigan tabiiy jilolanish tufayli yuzaga keladi.
Videoning ilk soniyalarida ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan uchar obyektlar esa - bu sputniklardir.
Yangiliklar lentasi
0