https://oz.sputniknews.uz/20210305/Kosmosdan-uzhum-Apofis-asteroidi-Erga-ulashi-mumkinmi-16141258.html
Kosmosdan hujum: Apofis asteroidi Yerga qulashi mumkinmi?
Kosmosdan hujum: Apofis asteroidi Yerga qulashi mumkinmi?
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda Apofis asteroidi 8-yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan... 05.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-05T17:24+0500
2021-03-05T17:24+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
quyosh, oy, kosmos
asteroid
rossiya
nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi)
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/05/16141229_0:218:2867:1831_1920x0_80_0_0_a581afab5d077504ba405145338ea238.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bugungi kunda Apofis asteroidi 8-yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan iboratligini tushunishga imkon beradi. Bunday ma’lumotlar 2029 va 2068-yillarda Yer bilan to‘qnashuv ehtimolini rad etish yoki tasdiqlash uchun zarur. Apofisning sayyoraga qulashi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan.2004 yilda Sonora cho‘lida (Arizona, AQSh) joylashgan Kitt-Pik milliy rasadxonasi xodimlari Yerga nisbatan yaqin bo‘lgan noma’lum asteroidni aniqlashdi. Yomon ob-havo va texnik muammolar asteroidni yaxshilab ko‘rib chiqishni qiyinlashtirdi. Biroq, bu samoviy jismning diametri taxminan 400 metr ekanligini ma’lum bo‘ldi.Bir necha oydan so‘ng, Sayding-Spring rasadxonasi (Avstraliya) mutaxassislari asteriodni o‘rganib chiqdi. Ular amerikalik hamkasblarining ma’lumotlarini tasdiqladi va orbita parametrlarini aniqladi.Dekabrda, ma’lumotlarni tahlil qilgandan so‘ng, NASA Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markazi mutaxassislari hisoblab chiqdilar: Yer bilan to‘qnashuv ehtimoli taxminan 2 foizni tashkil qiladi va tabiiy ofatning taxmin qilingan sanasi 2029-yil 13-aprel. 2004 MN4 asteroidi (keyinchalik qadimgi Misr zulmat va yovuzlik xudosi sharafiga Apofis deb nomlandi) - astronomik obyektga Turin shkalasi bo‘yicha 4 balla berilgan.Kuzatuvlar tufayli olimlar deyarli har hafta potensial xavfli obyektlarni aniqlaydi. Ularning orbitalari sayyora orbitasini kesib o‘tadi va shuning uchun to‘qnashuv ehtimoli juda kichik. Apofis kashf etilganidan beri 20 mingga yaqin bunday osmon jismlari - asteroidlar va kometalar aniqlandi. Biroq, Apofis hanuz eng jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210111/Erga-Apollon-guruiga-kiruvchi-ulkan-asteroid-yainlashmoda-15764276.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/05/16141229_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_7bdbd07b69767ba357ba97bd31e9d697.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, quyosh, oy, kosmos, asteroid, rossiya, nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi), aqsh
dunyoda, quyosh, oy, kosmos, asteroid, rossiya, nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi), aqsh
Kosmosdan hujum: Apofis asteroidi Yerga qulashi mumkinmi?
17:24 05.03.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Bugungi kunda Apofis asteroidi 8-yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan iboratligini tushunishga imkon beradi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bugungi kunda Apofis asteroidi 8-yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan iboratligini tushunishga imkon beradi. Bunday ma’lumotlar 2029 va 2068-yillarda Yer bilan to‘qnashuv ehtimolini rad etish yoki tasdiqlash uchun zarur. Apofisning sayyoraga qulashi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
RIA Novosti xabariga asosan.
2004 yilda Sonora cho‘lida (Arizona, AQSh) joylashgan Kitt-Pik milliy rasadxonasi xodimlari Yerga nisbatan yaqin bo‘lgan noma’lum asteroidni aniqlashdi. Yomon ob-havo va texnik muammolar asteroidni yaxshilab ko‘rib chiqishni qiyinlashtirdi. Biroq, bu samoviy jismning diametri taxminan 400 metr ekanligini ma’lum bo‘ldi.
Bir necha oydan so‘ng, Sayding-Spring rasadxonasi (Avstraliya) mutaxassislari asteriodni o‘rganib chiqdi. Ular amerikalik hamkasblarining ma’lumotlarini tasdiqladi va orbita parametrlarini aniqladi.
Dekabrda, ma’lumotlarni tahlil qilgandan so‘ng, NASA Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markazi mutaxassislari hisoblab chiqdilar: Yer bilan to‘qnashuv ehtimoli taxminan 2 foizni tashkil qiladi va tabiiy ofatning taxmin qilingan sanasi 2029-yil 13-aprel. 2004 MN4 asteroidi (keyinchalik qadimgi Misr zulmat va yovuzlik xudosi sharafiga Apofis deb nomlandi) - astronomik obyektga Turin shkalasi bo‘yicha 4 balla berilgan.
Kuzatuvlar tufayli olimlar deyarli har hafta potensial xavfli obyektlarni aniqlaydi. Ularning orbitalari sayyora orbitasini kesib o‘tadi va shuning uchun to‘qnashuv ehtimoli juda kichik. Apofis kashf etilganidan beri 20 mingga yaqin bunday osmon jismlari - asteroidlar va kometalar aniqlandi. Biroq, Apofis hanuz eng jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi.